» » Fotogalereya: Ishqibozlar tomonidan mustaqil yig‘ilgan avtomobillar

Fotogalereya: Ishqibozlar tomonidan mustaqil yig‘ilgan avtomobillar


Avtomobil ishqibozlari tomonidan yaratilgan turli mashinalar yaratuvchilar ehtiyojining va fantaziyasining mahsuli hisoblanadi. “Motor” nashri ishqibozlar va mexaniklar tomonidan mustaqil ravishda yig‘ilgan avtomobillar jamlanmasini taqdim etdi.

Xitoylik Jiong Jian tomonidan yaratilgan amfibiya yomg‘irlar mavsumida yuz beradigan toshqinlarda as qotadi. Avtomobilning dvigateli orqa o‘rindiqlar o‘rniga joylashtirilgan va bu dvigatelning suvga “bo‘kib qolish”dan asraydi. Mashinaga to‘rt kishi joylashadi va u suvda 32 km/soat tezlikda harakatlana oladi.

Mark Uitt tomonidan yaratilgan yana bir amfibiya 260 ming dollarga sotilgan. Avtomobil Sea Lion (Dengiz sheri) deb ataladi va suvda 100 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Mashinani Mazda RX-4’ning eski dvigateli harakatga keltiradi.

Superkarni xitoylik Chen Yinksi oliy o‘quv yurtidagi diplom ishi sifatida ikki yil oldin yig‘gan. Avtomobilni yig‘ish uchun talaba besh ming dollarga yaqin mablag‘ sarflagan. Mablag‘ning kamligi sababli u texnik jihatdan mukammal bo‘la olmagan. Eng yuqori tezligi 60 km/soat bo‘lib, avtomobil umumiy foydalanishdagi yo‘llarda yurish uchun sertifikatlanmagan.

Polshalik Yasek Mazur McLaren F1’ning nusxasini yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Avtomobil 12 silindrli BMW dvigateli bilan jihozlangan. Kuzov panellari esa oynali plastikdan yasalgan. Yasekning ishontirishicha, ulov 300 km/soat tezlikka erisha oladi.

Amerikalik Kim Imxoff o‘zining shaxsiy Lamborghini Countach’ini yig‘ish uchun 10 yil sarflagan. Imxoffning Countach’i V8 Ford Windsor dvigateli bilan jihozlangan va 515 ot kuchiga ega.

Avstriyada yaratilgan 911 GT3 RS eng ekologik va tarixdagi eng sekin yuradigan 911 hisoblanadi. Chunki Ferdinand 911 GT3 RS haydovchining qo‘l kuchi bilan harakatga keltiriladi. Konstruksiyani to‘rt oyoqli velosiped deb atash mumkin, uning og‘irligi 99,6 kilogrammni tashkil qiladi.

Ikkita reaktiv dvigatel bilan jihozlangan mashina Ferrari Enzo ko‘rinishida kanadalik muhandis Rayan Makkuin tomonidan yaratilgan. Uni yig‘ish uchun bir yil va 100 ming kanada dollari sarflangan. Rolls-Royce’ning ikkita reaktiv dvigateli tufayli avtomobil 620 km/soat tezlikda harakatlana oladi.

Yog‘och kuzovli mashina Opel Ascona asosida yaratilgan. Avtomobilning bir qismi zamonaviy uslubda, boshqa qismi 1930-yillardagi kabriolet uslubida yaratilgan. Kuzov emandan ishlangan va yonmaydigan suyuqlik bilan qoplangan. Loyiha muallifi texnik-mexanik Vasiliy Lazarenko hisoblanadi.

“Gran Turizmo Sherbininix” 1969-yilda yaratilgan. Avtomobil “GAZ-21”ga asoslangan. 2,4 litr sig‘imli 75 ot kuchiga ega dvigatel 150 km/soat tezlikka erishishga imkon beradi.

ISV kupesi Chelyabinskda Sergey Ivansov tomonidan yaratilgan. Loyiha ustidagi ish 1982-yilda boshlangan va 2002-yilda tugallangan. ISV’ning o‘ziga xos xususiyati panoramali tom qismi hisoblanadi.

“YUNA”ni yaratish ishlari 1970-yilda boshlangan va ish tamomlangandan so‘ng ham doimiy takomillashtirilgan. Avtomobil 2,8 litr sig‘imli BMW’ning M30 dvigateli bilan jihozlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют