» » Ishdagi ishq: suratga olish maydonchasidan juftini topgan yulduzlar

Ishdagi ishq: suratga olish maydonchasidan juftini topgan yulduzlar


Yulduzlarni faqat ular ijro qilgan roli bog‘lab turadi deb o‘ylaydiganlar fikri, suratga olish maydonchasida tanishgan juftliklar haqidagi ma’lumotdan so‘ng o‘zgarishiga shubha yo‘q. Instyle nashri filmda suratga tushish jarayonida juftini topgan yulduzlar haqida to‘xtaldi.

Natali Portman va Benjamin Milpye

Aktyorlar “Qora oqqush” filmining suratga olish maydonchasida tanishgan. Film premyerasiga qadar juftlik o‘rtasidagi aloqalar jiddiy tus olgan. 2011-yilda farzandli bo‘lgan mashhurlar oradan bir yil o‘tib turmush qurgan.

Bleyk Layvli va Rayan Reynolds

Ikki yosh o‘rtasida munosabatlar boshlanishiga “Yashil fonar” filmi sababchi bo‘lgan. Unga qadar ularning har ikkisining shaxsiy hayotida muammolar kuzatilgandi. Bleyk Layvli, Di Kaprio bilan aloqalariga nuqta qo‘yganiga ko‘p bo‘lmagan, Rayan bo‘lsa Skarlet Yoxanssan bilan xayrlashgandi. Filmning suratga olish jarayoni yakuniga yetgach, Bleyk va Rayan o‘rtasida iliqlik paydo bo‘la boshlagan va oradan 11 oy o‘tar-o‘tmas turmush qurishgan. Hozirgi vaqtda ular, 3 qizning baxtli ota-onasi.

Penelopa Krus va Havyer Bardem

Ikki aktyor ham avvalroq boshqa bir filmda birga rol ijro qilganiga qaramay, ular o‘rtasidagi munosabatlar 2007-yilda suratga olingan “Viki, Kristina, Barselona” filmidan keyin boshlangan. 2010-yilda munosabatlarini nikoh bilan mahkamlagan juftlik, ayni vaqtda ikki farzandning ota-onasi.

Yeva Mendes va Rayan Gosling

Yeva Mendes va Rayan Gosling 2011-yilda “Qarag‘ay ostidagi joy” filmida sevishganlar rolini o‘ynaydi va kinodagi munosabatlar reallikka ta’sir qilmay qolmaydi. Oradan 3 yil o‘tib Esmeralda, undan ikki yil o‘tib esa Amada Li ismli qizaloqlarni dunyoga keltiradi.

Mila Kunis va Eshton Kutcher

Juftlik “70-yillar shousi” deb nomlangan sitkomning suratga olish jarayonida tanishgan. U vaqtda ular orasida faqatgina do‘stona munosabatlar bo‘lgan, 2011-yilda bu munosabat sevgiga aylangan. 2016-yilda boshqalarga oshkor qilmay turmush qurgan Mila va Eshtonning hozirda ikki nafar farzandi bor.

Mavzuga doir:  O‘zbek shou-biznesining “yulduzli” juftliklari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют