» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 221 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 221 nafarga yetdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 221 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilmoqda, to‘rt nafar bemorning ahvoli og‘ir, ulardan ikki nafarining ahvoli nisbatan og‘ir.

Avvalroq, 2-aprel 23:00 holatiga O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 205 nafarga yetgani haqida xabar berilgan edi. Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi, ikki nafari esa kasallikdan vafot etdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar haqida batafsil ma’lumot berildi (infografika)

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda infarktdan vafot etgani, uning dafn marosimida birorta ham qarindoshi qatnashmagani haqida xabar berilgan edi.

Koronavirusning O‘zbekistondagi ikkinchi qurboni esa Toshkentda istiqomat qilgan 39 yoshli shifokor ekani aytilgan edi — u kasalligini yashirib, o‘zini uyda davolashga uringan. Undan 14 yoshli qashqadaryolik jiyaniga va asli navoiylik ona-bolaga koronavirus yuqqan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют