» » Amerikaning Moskva shahrida portlagan raketa to‘rt kishini yaraladi

Amerikaning Moskva shahrida portlagan raketa to‘rt kishini yaraladi


AQShning Aydaxo universiteti kampusida tajriba raketasining omadsiz uchirilishi oqibatida to‘rt kishi yaralandi. Jarohat olganlar shifoxonaga yetkazildi, voqea joyiga qutqaruvchilar yetib keldi. Bu haqda o‘quv muassasasi Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

KHQ telekanalining ma’lumotlariga ko‘ra, raketa sinovini Shimoli-G‘arbiy raketasozlar tashkiloti o‘tkazgan. Hozircha raketa nima sababdan uchirilgani ma’lum qilinmadi, faqat sinov mahalliy qozonxona yaqinidagi avtomobillar turargohida o‘tkazilgani ma’lum.

Aydaxo universiteti — shtatning qadimiy jamoat universiteti bo‘lib, 20 mingdan ortiq aholiga ega Moskou (Moskva) shaharchasida joylashgan. Taxminlardan biriga ko‘ra, 1875-yilda Rossiyadan kelgan muhojirlar tufayli shaharga shunday nom qo‘yilgan.

Moskou politsiya departamenti vakili Taysons Berretning KHQ yangiliklar kanaliga ma’lum qilishicha, portlash bino kampusiga yoki turargohdagi mashinalarga zarar yetkazmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют