» » O‘zbekiston Prezidenti Imom Buxoriy yodgorlik majmuini ziyorat qildi

O‘zbekiston Prezidenti Imom Buxoriy yodgorlik majmuini ziyorat qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuini ziyorat qildi. O‘zA xabariga ko‘ra, Prezident mazkur markaz qurilishi loyihasi bilan tanishdi.

Markaz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalarimizning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qo‘lyozmalarning elektron nusxalarini to‘plash, ularni xalqimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish bilan shug‘ullanadi.

Bugungi kunda Imom Buxoriy majmuasi yonidan joy ajratilib, markazni qurish bo‘yicha loyiha ishlab chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur xalqaro markazning mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Bu muassasada islom madaniyati targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks yondashuv ishlab chiqish kerakligini ta’kidladi. Bino xonalarida buyuk allomalarimizning ruhi, ma’naviy kuch-qudrati va salohiyati namoyon bo‘lib turishi, buning uchun har bir xonani muayyan alloma nomi bilan atash va shunga yarasha jihozlash zarurligini qayd etdi.

Buyuk mutafakkir bobomiz, barcha muhaddislar peshvosi Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan ushbu maskanda o‘ziga xos ma’naviy-ruhiy muhit mavjud. Majmuaga ziyoratga kelgan odam bu markazga ham kirib, o‘ziga katta ozuqa olsin, bobolarimiz hikmatlaridan o‘rganib ketsin. Shunda ularning kalbida ulug‘ ajdodlarimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi rivoj topadi, ayni paytda shunday buyuk zotlarning avlodi mas’uliyatini his etadi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Yangi markazda allomalarimizning bebaho merosini o‘rganishda o‘ziga xos maktab yaratgan buyuk muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, ulug‘ faqihlar Burhoniddin Marg‘inoniy, Abullays Samarqandiy, kalom ilmining buyuk mutafakkirlari Abu Mansur Al-Moturidiy, Abul Muin Nasafiy kabi ajdodlarimiz boy merosini alohida-alohida o‘rganish va ilmning shu sohalari bo‘yicha mukammal bilimga ega bo‘lgan yetuk mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kerakligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev olimlar va ulamolar bilan suhbatda ushbu markazda tadqiqotchilarga Qur’oni karim oyatlarini qiroat bilan o‘qish, to‘g‘ri talaffuz etish, arab imlosida yozish – kalligrafiya bo‘yicha mamlakatimiz yetakchi olimlari darslarini yo‘lga qo‘yish, xorijlik tadqiqotchilar uchun stajirovkalar ta’sis etish haqida so‘zladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют