» » Singapurda koronavirus birinchi bor belgilarsiz tashuvchi orqali yuqishi mumkinligi tasdiqlandi

Singapurda koronavirus birinchi bor belgilarsiz tashuvchi orqali yuqishi mumkinligi tasdiqlandi


Singapurda hech qanday kasallik belgilari kuzatilmagan shaxs orqali virus yuqishi bilan bog‘liq birinchi holat aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda AQSh kasalliklar nazorati va profilaktikasi markaziga tayanib, The Straits Times gazetasi xabar berdi.

“Ikki mamlakat ekspertlari Singapurda 23-yanvardan 16-martga qadar COVID-19 koronavirusining tarqalish manbalarini o‘rgangan. Ma’lum bo‘lishicha, kamida o‘n kishi virusni kasallik belgilari kuzatilmagan tashuvchilardan, xususan, Uxandan kelgan ikki turistdan yuqtirib olgan”, — deydi Singapur yuqumli kasalliklar departamenti direktori Vermon Li.

Mutaxassislarning fikricha, koronavirusga chalingan odam kasallikning dastlabki belgilari paydo bo‘lishidan uch kun oldin virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin. Mahalliy mutaxassislar virusning bunday tarqalishi jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini aytmoqda, chunki hozirda ko‘rilayotgan profilaktika choralarining aksariyati allaqachon alomatlari bo‘lganlar uchun qo‘llaniladi. Masalan, tana harorati nazorati, shamollash, yo‘tal va boshqalar.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ta’kidlashicha, ushbu bosqichda eng muhim narsa — ijtimoiy masofalanish, boshqalar bilan aloqalarni minimumga tushirish.

Hozirda Singapurda koronavirus bilan kasallanganlar mingdan oshgan bo‘lib, to‘rt kishi vafot etgan.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati 1-apreldan boshlab koronavirus hech qanday belgilarsiz tarqalayotgani haqida ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutka ichida 302 kishiga karantindan javob berilgan. Test ularda virus borligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, biroq kasallikning hech qanday belgilari aniqlanmagan. Hozirda kasallik belgilari kuzatilmagan 1367 nafar bemor nazorat ostida qolmoqda. Butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni million kishidan oshdi, O‘zbekistonda esa kasallar soni 221 kishiga yetdi. Toshkentda koronavirusga chalingan yana bir bemor o‘zini uyda davolashga uringani aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют