» » Markaziy harbiy okrug tomonidan karantindagi obyektlarni qo‘riqlash uchun navbatdagi jangovar smena yuborildi (foto)

Markaziy harbiy okrug tomonidan karantindagi obyektlarni qo‘riqlash uchun navbatdagi jangovar smena yuborildi (foto)


Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni ko‘rsatmasiga asosan 2-aprel kuni Samarqand viloyatida joylashgan karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun tantanali ravishda navbatdagi jangovar smena yuborildi. Bu haqda harbiy jurnalist G‘ayrat Madrahimov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda okrug qo‘mondonligi, Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizoni ofitserlari, harbiy qism komandirlari, harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.

Dastlab, karantindagi fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashda va ko‘chalar, aholi uylarini dizinfeksiya qilishda, shuningdek, urush qatnashchilari, yolg‘iz keksalar xolidan xabar olishda faollik ko‘rsatgan bir guruh harbiy xizmatchilarga pul, esdalik sovg‘alari hamda navbatdagi unvonlar topshirildi.

Shundan so‘ng, Samarqand viloyatida karantinga olingan shifoxona va binolarda fuqarolarni xavfsizligini ta’minlashga jalb qilingan bo‘linmalarga jangovar topshiriq berildi.

Okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Oybek Saidovning qayd etishicha, karantin maskanida xizmatni o‘tash jangovar vazifani bajarish bilan tenglashtiriladi. Samarqand viloyatida 5 ta, Jizzax viloyatida 1 ta hamda Navoiy viloyatida 4 ta, jami 10 ta obyektda 200 nafarga yaqin harbiy xizmatchi tomonidan patrullik qo‘riqlovi olib borilmoqda.

Bundan tashqari, ichki blokpostlarda ham xizmat tashkil etilgan. Karantin hududida qo‘riqlovni amalga oshirgan bo‘linmalar esa Samarqand harbiy gospitaliga 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Avvalroq, Markaziy harbiy okrug bo‘linmasi Qozog‘istondan kelgan o‘zbekistonliklarning karantindagi xavfsizligini ta’minlashi, okrugda harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar maxsus reys bilan o‘z uylariga kuzatilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют