» » Baribir iPhone SE: Yangi iPhone’ning tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Baribir iPhone SE: Yangi iPhone’ning tafsilotlari ma’lum bo‘ldi


Yangi iPhone qurilmasi anonsi haqida ma’lumotlar oshkor qilindi. Qurilma xuddi to‘rt yil oldingi model kabi iPhone SE nomi bilan ataladigan bo‘ldi, deb xabar qildi 9to5mac nashri.

Bundan oldingi gap-so‘zlarda ehtimoliy ikki nom muhokama qilinayotgan edi — iPhone SE 2 va iPhone 9. Ikkala variant ham mantiqqa to‘g‘ri keladi. 2017-yilda kompaniya iPhone 8’dan to‘g‘ri iPhone X (o‘ninchi avlod) ga o‘tib ketgani sabab, orada qolib ketgan modelni iPhone 9 yordamida to‘ldirish aqlli qaror bo‘lardi. Biroq kompaniyaning iPhone SE — iPhone 5S korpusi va iPhone 6S protsessoriga ega “hamyonbop” modeli ham bor. Kompaniya ikkinchi bor iPhone SE nomi ostida smartfon ishlab chiqarishga qaror qilgan ko‘rinadi.

Apple’ning o‘zi tasodifan yangi smartfoni nomini e’lon qilib qo‘ygan. Apple Store internet do‘konida iPhone SE / 8 / 7 smartfonlari uchun g‘iloflar paydo bo‘lgan. U 2016-yili ishlab chiqarilgan iPhone SE uchun emasligi aniq, chunki uning ekrani kichkina.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone SE’ga iPhone 8’ning korpusi va yangi iPhone 11’ning protsessori o‘rnatilgan. Bu esa qurilmaga Home tugmali va barmoq izi skaneriga ega 4,7 dyuymli displey hamda Apple A13 zamonaviy protsessori o‘rnatilganidan darak beradi.

iPhone SE uch modifikatsiyada taqdim etiladi — 64, 128 va 256 gigabayt doimiy xotiraga ega. Shuningdek, uch xil rangda bo‘lishi kutilmoqda — qora, oq va qizil. Smartfon taqdimoti 3-aprel kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.

Mish-mishlarga ko‘ra, yangi iPhone SE 399 dollardan sotuvga chiqadi.

Mavzuga doir: 

Avvalroq iPhone 9 aprel oyining o‘rtasida taqdim etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют