» » Samarqandda tanishini koronavirusga chalindi, deb yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro javobgarlikka tortildi

Samarqandda tanishini koronavirusga chalindi, deb yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro javobgarlikka tortildi


Samarqandda tanishini koronavirus kasalligiga chalingan, deya yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro 12 sutkaga qamaldi, — deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahri Urganch ko‘chasida yashovchi Sh.I. joriy yilning 30-mart kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi guruhda ovozli xabar qoldirib, tanishi koronavirusga chalinganini, uning oila-a’zolari ham olib ketilganini bildirgan. Shuningdek, kasallikka chalingan tanishi yana bir necha kishilar bilan muloqotda bo‘lib, koronavirus kasalligi Samarqandda ham aniqlangan, deya vahima uyg‘otgan.

Mavzuga doir: “Bunday paytda hazil ketmaydi”. Abdulla Aripov koronavirus bo‘yicha asossiz ma’lumot tarqatganlarga chora ko‘rilishi haqida

Samarqand IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvda mazkur xabar yolg‘on ekani ma’lum bo‘lgan. Xabarga aniqlik kiritish maqsadida fuqaro Sh.I. bilan suhbatlashilganda u IIB xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, faol qarshilik ko‘rsatib, ommani o‘ziga qaratgan.

Yolg‘on xabar tarqatgan va IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan fuqaro Sh.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 223 ming so‘m miqdorda jarima hamda 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют