» » “Spark’ning puliga Malibu va’da qilgan” Angrendagi “Avto ideal xizmati” 1283 kishini chuv tushirdi

“Spark’ning puliga Malibu va’da qilgan” Angrendagi “Avto ideal xizmati” 1283 kishini chuv tushirdi


Toshkent viloyatining Angren shahrida faoliyat yuritgan “Avto ideal xizmati” MChJ mansabdor shaxslari imtiyozli shartlarda avtomashinalar yetkazib berishni va’da qilib, 1283 nafar mijozning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Toshkent viloyatining Angren shahrida “Avto-Ideal-Xizmati” MChJ o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, juda qisqa davr — 5 oy ichida 1506 nafar mijozning ishonchiga kirib, ularning 1283 nafarini chuv tushirishga ulgurgan.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan “Avto-Ideal-Xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, jamiyat rahbari K.R. va sobiq rahbari U.N. 2019-yilning oktabridan 2020-yil mart oyiga qadar, Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 16 foizni tashkil qilib turgan bir paytda, yillik 5 foiz ustama haq evaziga, boshlang‘ich badal sifatida avtomobilning 20—30 foizi miqdorida oldindan to‘lov qilish sharti bilan jami 1506 nafar yuridik va jismoniy shaxs bilan shartnomalar imzolagan.

Mazkur shartnomalarga asosan 1506 nafar mijozning barchasi o‘zlari tanlagan avtomashina qiymatining 20—30 foizini oldindan to‘lov sifatida jamiyat hisob raqamiga to‘lagan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, bu summa 36 milliard so‘mdan ko‘proqni tashkil etgan.

Jamiyat mansabdor shaxslari o‘z mansab vakolatlaridan foydalanib, ushbu kelib tushgan pul mablag‘lari hisobidan 228 nafar mijozga 23 milliard so‘mdan oshiq qiymatdagi avtomashinalarni yetkazib bergan. Qolgan 1283 nafar mijozga ular to‘lagan pul mablag‘lari evaziga avtomashinalar yetkazib berilmagan yoki to‘langan pul mablag‘lari egalariga qaytarilmagan.

Shunga ko‘ra, departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan “Avto-Ideal-Xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati mansabdor shaxslariga nisbatan joriy yiling 17-mart kuni Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi ikkinchi qismi “a” band (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Angren shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. Tergov jarayonida fuqarolarga yetkazilgan zararni to‘liq undirish choralari ko‘rilishi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, qariyb 19 ming fuqaro avtomashina olish uchun “Avto 60 oy”  MChJga pul berib aldanib qolgan edi. Mazkur kompaniya rahbari tomonidan fuqarolarga yetkazilgan moddiy zarar hajmi 57 milliard so‘mga teng bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют