» » Sadio Mane APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Sadio Mane APLda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi


Sky Sports nashri o‘z o‘quvchilari o‘rtasida futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisini aniqlashga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, 1-o‘rinni “Liverpul” vakili Sadio Mane 33 foiz ovoz bilan band etdi. Ikkinchi o‘rindan Mersisayd klubining sardori Jordan Henderson (31 foiz ovoz) o‘rin oldi. 20 foiz ovoz bilan 3-pog‘onani “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne band etdi.

Shuningdek, o‘quvchilarning 5 foizi Virjil van Deykka, yana 2 foizi esa Muhammad Salohga ovoz berdi. “Boshqa kimdir” deya nomlangan variant esa o‘quvchilarning 9 foiz ovoziga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mane The Guardian nashri talqiniga ko‘ra ham APLning eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют