» » Shavkat Mirziyoyev Qoshrabotda nuroniylar bilan birga yongoq kochati otqazdi

Shavkat Mirziyoyev Qoshrabotda nuroniylar bilan birga yongoq kochati otqazdi


Ozbekiston Prezidenti Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Qoshrabot tumanida ham boldi. OzA xabariga kora, tumandagi Oqtepa qishloq fuqarolar yiginida bolib otgan uchrashuvda togoldi hududlarida 20172018-yillarda yongoqzor va uzumzorlar, 20172021-yillarda chorva boqishni tashkil qilish, tumanda ichimlik suvi taminotini yaxshilashga oid loyihalar bilan tanishdi.

Vazirlar Mahkamasining 4-martdagi Dehqon xojaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori ijrosini taminlash maqsadida Samarqand viloyatining Jomboy, Ishtixon, Kattaqorgon, Pastdargom, Payariq, Samarqand, Urgut va Qoshrabot tumanlarining togoldi hududlarida 20172018-yillarda 4 ming 211 fermer xojaligi tashkil etiladi. Fermer xojaliklarida 5,7 ming gektar yongoqzor va 13 ming gektar tokzorlar barpo etish rejalashtirilgan.

Birgina 2017-yilda 2,5 ming gektar yongoqzor, shundan 2,1 ming gektar intensiv, 6,6 ming gektar tokzordan 1,3 ming gektar intensiv tokzorlar barpo etilishi moljallangan.

Bu loyihalarni amalga oshirish uchun 271 milliard som va 8,4 million dollar miqdoridagi mablaglar sarflanishi kozda tutilgan. Bu qoshimcha 15 ming tonna yongoq va 50 ming tonna uzum mahsulotlari eksport qilish imkoniyatini yaratadi. 20172018-yillar davomida 26 mingdan ortiq yangi ish orinlari yaratiladi.

Shunday yongoqzorlardan biri Oqtepa unumdor zamin fermer xojaligida barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan birga bu yerga yongoq kochati otqazdi.

Mamlakatimizning barcha joylarida bolgani singari Samarqandda ham hali foydalanilmagan imkoniyatlar kop. Ularni ishga solib, qoshimcha daromad topish, xalqimiz farovonligini yanada oshirish mumkin. Buning uchun samarali harakat qilish, odamlarda tadbirkorlik faoliyatiga bolgan qiziqishni kuchaytirish, tomorqadan unumli foydalanish kerak.

Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston Prezidenti

Qoshrabot tumanida 20172021-yillarda aholi, fermer va dehqon xojaliklarida 10 ming bosh echki va 5 ming bosh qoy boqishni tashkil qilish loyihasi ham yirik loyihalardan. Qiymati 7,7 milliard som bolgan mazkur loyihada Rossiyadan 10 ming bosh naslli echki, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlaridan 5 ming bosh hisori qoylarni sotib olish moljallangan.

Birinchi Prezidentimizning 2015 yil 18 dekabrdagi qaroriga muvofiq, xalqaro moliya institutlari OPEK hamda Saudiya Arabistoni taraqqiyot jamgarmalari tomonidan Ozbekiston ishtirokida 20162018-yillarda Qoshrabot tumani ichimlik suvi taminotini yaxshilashga qaratilgan umumiy qiymati 36,4 million dollarlik loyihaning amalga oshirilishi belgilangan.

Loyiha amalga oshirilgach, 77 qishloq fuqarolar yiginida 49 suv olish inshooti quriladi, 6 tasi rekonstruksiya qilinadi. 408,1 kilometr magistral suv quvurlari va tarmoqlari qurilishi amalga oshiriladi.

Bundan tashqari loyihaga 110 suv olish qudugini burgulash va rekonstruksiya qilish, 16,1 kilometr uzunlikdagi suv inshootlarini himoya devorlari bilan orash, 164 quduq nasosini ornatish, 14 avtomatlashtirilgan nasos stansiyasini qurish, 55 komplekt elektr transformator, 3 quyosh generatori hamda 52 dizel generatorlarini ornatish, 24,5 kilometr uzunlikdagi tashqi elektr taminoti tizimi bilan taminlash kiritilgan.

Ozbekiston Prezidenti Qoshrabotda eksportbop mevalar ekish, chorvachilikni rivojlantirish, buning uchun aholiga kredit mablaglari ajratish zarurligini takidladi.

Tumanda junni qayta ishlash fabrikasi qurish, Samarqand va Oqdaryo tumanlarida 2017-yilda qurilishi rejalashtirilgan zamonaviy issiqxona majmualari loyihalari taqdimoti ham otkazildi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (14-04-2017, 20:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -