» » Zoom videokonferensiya servisining kunlik foydalanuvchilari soni 200 mln kishidan oshib ketdi

Zoom videokonferensiya servisining kunlik foydalanuvchilari soni 200 mln kishidan oshib ketdi


Mart oyi davomida Zoom videokonferensiyalar servisidan har kuni 200 milliondan ortiq odam foydalandi. 2019-yilning dekabrida ushbu ko‘rsatkich 10 million atrofida bo‘lgan.

Servisning ommalashishiga COVID-19 koronavirus pandemiyasi vaqtida odamlarning karantinda o‘tirgani sabab bo‘lmoqda.

Ta’kidlanishicha, kompaniya 90 kun ichida xavfsizlik va konferensiyalar maxfiyligini ta’minlashga oid masalalarni yechishga va’da bergan. Chunki so‘nggi haftalarda kompaniya mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qila olmaslikda ayblanmoqda.

2019-yilning iyulida Apple o‘zining Mac kompyuterlaridan Zoom’ni o‘chirib tashlagan edi. Bunga xakerlar servis orqali foydalanuvchining videokamerasiga ulanishi mumkinligiga oid nuqson sabab bo‘lgandi. Zoom konferensiyalarni o‘tkazish imkonini beradigan identifikatsiya raqamlaridan foydalanadi, biroq xakerlar uchun uni taxminiy topish yoki buzib kirish oson.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют