» » Shavkat Mirziyoyev koronavirusdan vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirusdan vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-aprel, juma kuni, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muhokamalarga o‘tishdan oldin davlat rahbari yana bir bor O‘zbekiston xalqiga murojaat qilarkan, koronavirus oqibatida vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning oila a’zolariga va yaqinlariga o‘z nomidan va butun O‘zbekiston xalqi nomidan chuqur ta’ziya bildirdi.

Yurtimizga chetdan kirib kelgan koronavirus kasalligiga chalinganlar soni 221 taga yetdi. Ming afsuski, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, bemorlardan ikki nafari vafot etdi. Ularning oila a’zolari va yaqinlariga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chuqur ta’ziya bildirib, sabr-toqat va bardamlik tilayman.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashda intizom, sabr-toqat va mas’uliyat ko‘rsatishni so‘rab, xalqqa murojaat qildi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda infarktdan vafot etgani, uning dafn marosimida birorta ham qarindoshi qatnashmagani haqida xabar berilgan edi.

Koronavirusning O‘zbekistondagi ikkinchi qurboni esa Toshkentda istiqomat qilgan 39 yoshli shifokor ekani aytilgan edi — u kasalligini yashirib, o‘zini uyda davolashga uringan. Undan 14 yoshli qashqadaryolik jiyaniga va asli navoiylik ona-bolaga koronavirus yuqqan.

Ma’lumot uchun, 3-aprel  Toshkent vaqti bilan soat 20:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan jami bemorlar soni 221 nafarga yetdi — ularning 25 nafari sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazilgan, ikki nafari esa vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 20:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют