» » O‘zbekistonda 2020-yil oxirigacha un, go‘sht, sut va shakarni import qilishda bojxona boji va aksiz solig‘i undirilmaydi

O‘zbekistonda 2020-yil oxirigacha un, go‘sht, sut va shakarni import qilishda bojxona boji va aksiz solig‘i undirilmaydi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-aprel, juma kuni, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Prezident “bugun mana shunday qiyin vaziyatda iqtisodiyotimizni, tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlash uchun” muhim farmonga imzo chekkanini, unda aholini, ayniqsa, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator choralar belgilanayotganini ma’lum qildi.

Jumladan, 2020-yil yakuniga qadar un, o‘simlik yog‘i, go‘sht va sut mahsulotlari, shakar, gigiyena vositalari kabi asosiy iste’mol tovarlarini import qilishda bojxona boji va aksiz solig‘i undirilmaydi.

“Qanchalik murakkab bo‘lmasin, budjetdan katta xarajatlarni talab etmasin, qo‘shimcha choralarni ko‘rishga qaror qildim”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashda intizom, sabr-toqat va mas’uliyat ko‘rsatishni so‘rab, xalqqa murojaat qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют