» » Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan yirik chorvachilik va parrandachilik loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan yirik chorvachilik va parrandachilik loyihalari bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Samarqand viloyatida 2017-yilda moliyalashtirilishi ko‘zda tutilayotgan yirik chorvachilik loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Viloyatda joriy yilda “Chortut”, “Chorva sut servis” fermer xo‘jaliklari, “Naslli chorva import”, “Samarqand milk”, “Aykan savdo”, “Chorva nasl birlashma” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan jami 35 million 810 ming so‘mlik loyihalar amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda. Natijada ushbu korxonalarda yiliga 14 ming 250 tonna sut, 875 tonna go‘sht mahsulotlari ishlab chiqariladi, 230 ish o‘rni yaratiladi.

Shavkat Mirziyoyev viloyatda parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

Urgut tumanida “Cho‘ponota parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida parrandalar ozuqasini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hudududa faoliyat olib boradigan mazkur korxona 3 million AQSh dollari qiymatiga ega. U 2018 yilning birinchi choragida ishga tushiriladi. Natijada viloyatdagi parrandachilik xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida boqilayotgan parrandalar uchun yiliga 8-10 ming tonna ozuqa mahsulotlari yetkazib beriladi.

Loyihada 30 ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

“Afrosiyob parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan parrandachilik, baliqchilik va chorvachilik xo‘jaliklari uchun omixta yem ishlab chiqarish loyihasi taqdim etilmoqda.

Loyihaga muvofiq, korxonaga soatiga o‘n tonna komponentlari elektron aniqlik bilan dozalashtirilgan yuqori sifatli omixta yem ishlab chiqarish quvvatiga ega Gollandiya texnologiyasini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Tayyor mahsulotlar mamlakatimizdagi xususiy tadbirkorlar va aholi ehtiyojlari uchun, shuningdek, eksportga yo‘naltiriladi.

“Zarafshon parranda” xususiy ishlab chiqarish tijorat firmasi loyihasi ko‘ra, Jomboy tumanidagi “Sarichashma” mahalla fuqarolar yig‘ini Mang‘it qishlog‘ida 39 gektar hududda jo‘ja va tuxum yetishtirish kompleksi tashkil etiladi. Bunga 12 milliard so‘m mablag‘ jalb etish mo‘ljallangan.

Loyihaning ishga tushirilishi natijasida yiliga 5 million dona jo‘ja aholi xonadonlari va parrandachilik korxonalariga yetkazib beriladi. 16 ming dona tuxum aholiga sotiladi.

“Siyob Shavkat Orzu” fermer xo‘jaligi tomonidan Tayloq tumani Payshanbasiyob qishlog‘idagi o‘n gektar hududda parranda boqish va parranda go‘shti yetishtirish rejalashtirilgan.

Loyihaga 3 million 518 ming AQSh dollari sarflanadi.

Korxonada yiliga 800 ming dona parranda boqish va 12 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Yetishtirilgan mahsulot ichki bozorga chiqariladi, muayyan qismi eksport qilinadi. Ushbu loyiha 60 yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Samarqand viloyatida keyingi yillarda kurkachilik ham izchil rivojlanib bormoqda. Ushbu yo‘nalishda hayotga tatbiq etilayotgan kompleks chora-tadbirlar kurkalarni ilg‘or texnologiyalar asosida ko‘paytirish, boqish, tuxumlarni sifatli saqlash imkonini bermoqda.

“Maroqand parranda” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaga muvofiq yiliga 3 million dona tuxum va 2 million dona kurka jo‘jasi yetishtiriladi. Loyihaga 39,6 milliard so‘m ajratilishi mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Prezidenti mazkur loyihalar bilan tanishar ekan, viloyatda parrandachilikni rivojlantirish uchun tabiiy iqlim, xomashyo va ishchi kuchi mavjudligini ta’kidladi. Ulardan unumli foydalanish, tarmoq tadbirkorlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют