» » O‘zbekistonga hozirgacha 245 mingta koronavirusni aniqlovchi test olib kelindi

O‘zbekistonga hozirgacha 245 mingta koronavirusni aniqlovchi test olib kelindi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel, juma kuni, koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Hozirda O‘zbekistonda 100 ming kishi karantinga olingan. Shuningdek, chet eldan salkam 13 ming fuqaro olib kelinib, ular ham to‘la karantinga olingan.

Toshkent viloyatida 10 ming o‘ringa mo‘ljallangan karantin zonasi barpo etilmoqda. Uning dastlabki bir qismiga xorijdan kelgan 2 200 dan ortiq fuqaro joylashtirildi.

Viloyatning Zangiota tumanida 10 ming o‘rinli ikkita virusologiya shifoxonasi qurilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu shifo maskanlaridagi 2 mingta o‘rin ishga tushiriladi.

“Hozirgi kungacha 245 mingta test, 700 mingga yaqin himoya vositalari olib kelinib, davolash muassasalariga yetkazildi. Bu ishlar yana davom ettirilmoqda”, — dedi Prezident.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashda intizom, sabr-toqat va mas’uliyat ko‘rsatishni so‘rab, xalqqa murojaat qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют