» » Rossiya xalqaro aviaqatnovlarni butunlay to‘xtatadi

Rossiya xalqaro aviaqatnovlarni butunlay to‘xtatadi


Rossiya 4-apreldan boshlab o‘z fuqarolarini vatanga qaytarish bo‘yicha barcha xalqaro parvozlarni to‘xtatadi, deb xabar bermoqda “Interfaks” o‘z manbalariga tayanib. Shuningdek, chet el fuqarolarini Rossiyadan olib chiqib ketuvchi reyslar ham bekor qilinadi.

Qayd etilishicha, Rosaviatsiya koronavirus tufayli taqiqlar sabab xorijiy davlatlarda qolib ketgan rossiyaliklarni olib kelish uchun o‘tgan haftada cheklov qo‘ygan bo‘lib, 500 nafargacha fuqaro olib kelinishi mumkin bo‘lgan.

Mamlakat TIV hisob-kitoblariga ko‘ra, chet eldan vatanga qaytib kelish istagida bo‘lgan Rossiya fuqarolari soni, taxminan, 25 ming kishini tashkil etmoqda.

“Kommersant”ning yozishicha, Rosaviatsiya 5-aprelga qadar Peru, Germaniya, Tailand, Yaponiya, AQSh va boshqa davlatlardan rossiyaliklarni qaytarish uchun tashkillashtiriladigan charter reyslarning kelish vaqtlari grafigini tuzayotgan bo‘lgan. Ularning hammasi bekor qilingan.

Hatto “Aeroflot”ning 3-aprel kuni Nyu-Yorkdan Moskvaga kelishi lozim bo‘lgan reysi ham samolyot parvozga ko‘tarilishining so‘nggi daqiqalarida bekor qilingan.

Parvozlar qancha muddatga to‘xtatilgani hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus sabab xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish 20-martdan boshlab 40 kun muddatga to‘xtatilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют