» » Shavkat Mirziyoyev shifokorlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev shifokorlarga yana bir bor minnatdorchilik bildirdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel, juma kuni, koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

“Vrachlarimiz xorijiy hamkasblari bilan muntazam videomuloqotda bo‘lib, kundalik tajriba almashmoqda. Amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarimiz, albatta, o‘z natijasini bermoqda. Kasallikka chalinganlarning 25 nafari to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiyaga o‘tkazildi”, — deya ta’kidladi davlat rahbari.

“Fursatdan foydalanib, bu kurashning oldingi saflarida chinakam jasorat va matonat ko‘rsatayotgan jonkuyar va olijanob shifokorlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘ri tushunib, bizni faol qo‘llab-quvvatlayotgan xalqimizga, aziz yurtdoshlarimga rahmat aytaman”, — deya qo‘shimcha qildi Prezident.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashda intizom, sabr-toqat va mas’uliyat ko‘rsatishni so‘rab, xalqqa murojaat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev avvalroq, 26-mart kuni, bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ham shifokorlarga minnatdorchilik bildirgan edi.

“Hurmatli tibbiyot xodimlari, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini garovga qo‘yib, pandemiya bilan kurashayotgan shifokorlar, hamshiralar, sanitar xodimlarga butun O‘zbekiston xalqi nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman”, — degandi o‘shanda davlat rahbari.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning kamida 11 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimlari ekani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 22:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют