» » Bitta korxona faoliyatini toxtatishiga ham favqulodda holat deb qaralishi kerak Shavkat Mirziyoyev

Bitta korxona faoliyatini toxtatishiga ham favqulodda holat deb qaralishi kerak Shavkat Mirziyoyev


Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3-aprel, juma kuni, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qollab-quvvatlash masalalari boyicha videoselektor yigilishi otkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bergan.

Yigilishda Prezident korxonalarning izchil ishlashiga komaklashish, barcha imkoniyat va zaxiralarni toliq safarbar etish zarurligini takidladi.

Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashda intizom, sabr-toqat va masuliyat korsatishni sorab, xalqqa murojaat qildi

Bitta korxona faoliyatini toxtatishiga ham favqulodda holat deb qaralishi kerak. Chunki bu korxonalar qanchadan-qancha ish orinlari va oilalar daromadini taminlamoqda. Yil boshida barcha hokimlar tadbirkorlikni rivojlantirishi boyicha murojaat qabul qilib, katta marralarni belgilab olgan edik. Hozir sinov davri. Qaysi hokim hisob-kitobini joy-joyiga qoyib, ichki rezerv, yaratilayotgan imkoniyatlardan togri foydalansa, bu marralarga, albatta, erishadi. Tadbirkorlarni har taraflama qollab-quvvatlash, mushkulini oson qilish va barcha zarur sharoitlarni yaratib berish hozirgi paytda har doimgidan ham muhim, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yalpi ichki mahsulotning asosiy qismi va aholi bandligini taminlaydigan 2 mingdan ortiq yirik korxona faoliyati umuman toxtamasligi kerakligi takidlandi. Buning uchun ularning har biriga Prezident maslahatchilari, bosh vazir orinbosarlari, vazirlik, idora va banklar rahbarlari masul etib biriktirildi. Ushbu korxonalarda karantin tartib-qoidalariga qatiyan amal qilgan holda, Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga rioya etgan holda ish tashkil etiladi. Biriktirilgan rahbarlar korxonalarga infratuzilma va xomashyo taminoti, mahsulot va ishchilarni tashish, soliq, kredit, bojxona masalalarida amaliy yordam berib boradi.

Mavzuga doir:Shavkat Mirziyoyev: Karantin davrida yolgiz keksalarga asosiy oziq-ovqat bepul yetkazib beriladi

Tuman va shahar sektor rahbarlari oz hududidagi korxonalarni otaliqqa olib, ular bilan muntazam ravishda birma-bir ishlaydi. Tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish bolimida shtab tashkil etilib, har bir tadbirkorning muammosi hal etib boriladi.

Hamma shuni yaxshi bilishi kerak: birorta ham tadbirkorni oz holiga tashlab qoymaymiz, dedi davlat rahbari.

Aytib otilganidek, pandemiya oqibatlari ogir tasir qiladigan ushbu korxonalar bilan alohida ishlash zarur. Moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalar rahbarlari imtiyoz olish uchun bank va soliq idoralarida sarson bolib yurmasligi kerak.

Inqirozga qarshi kurashish jamgarmasidan ijtimoiy soha va boshqa infratuzilma obyektlari qurilishiga qoshimcha 3,6 trillion som ajratildi. Bu mablaglar, eng avvalo, ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga yonaltiriladi. Xususan, 152 ta loyihaning muammolari hal qilinsa, 10 mingdan ziyod yangi ish orni yaratiladi.

Mavzuga doir:Ozbekistonda 2020-yil oxirigacha un, gosht, sut va shakarni import qilishda bojxona boji va aksiz soligi undirilmaydi

Videoselektor yigilishida eksport masalasiga ham toxtalib otildi. Yuklarni temiryol orqali konteynerda tashish, stansiyalarda refrijerator seksiyalarini kopaytirish zarurligi qayd etildi. Mutasaddilarga meva-sabzavotlar, toqimachilik va elektrotexnika mahsulotlari, qurilish materiallari eksporti boyicha har bir korxona muammosini tezkor hal qilib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Aholini zarur istemol tovarlari, oziq-ovqat, dori va gigiyena mahsulotlari bilan taminlash masalasiga alohida etibor qaratildi. Ozbekistondagi 358 ta dehqon bozori va ulardagi Elga xizmat korxonasini jalb etib, mahallalarda soddalashtirilgan kochma savdoni yolga qoyish choralari belgilandi.

Qolaversa, aholi ixtiyorida 4,5 millionta tomorqa xojaligi bor. Shu kunlarda ulardan ham mahsulot olina boshlaydi. Shu bois tomorqadan mahsulotlarni sotib oluvchilarga karantinga amal qilgan holda erkin harakatlanishi uchun sharoit yaratish boyicha korsatma berildi.

Mahalla va oilani qollab-quvvatlash vazirligiga shunday tartibni viloyat markazlarida ham tashkil etish boyicha korsatma berildi.

Savdo-sanoat palatasi, Hunarmand uyushmasiga tijorat banklari bilan birgalikda bu yil hunarmandchilik loyihalari uchun ajratilgan 50 million dollar kredit mablaglarining egalariga toliq yetib borishini taminlash vazifasi qoyildi.

Yigilishda davlat budjeti tushumlar prognozining bajarilishiga oid masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. 2020-yilning birinchi choragida budjetga 24 trillion som soliq va 4,8 trillion som bojxona tushumlari yigilib, barcha hududlarda daromadlar prognozi toliq bajarilgan.

Masalan, ikkinchi chorakda tabiiy gaz sotish hajmi kamayishi, misning jahon bozoridagi narxi pasayishi kabi omillar hisobiga budjetga soliq tushumi birinchi chorakka nisbatan 1,4 trillion somga kamayishi hisob-qitob qilinmoqda. Bunday holat bojxona tushumlarida ham kuzatiladi.

Mavzuga doir:Prezident bolali oilalarga nafaqa va bola parvarishlash nafaqasi muddati avtomatik ravishda bir yilga uzaytirilishini elon qildi

Bu vaziyat moliya, soliq, bojxona va boshqa iqtisodiy kompleks idoralaridan yuqori darajada safarbarlikni talab etadi. Shu bois mutasaddi rahbarlar korxona va tadbirkorlarning muntazam ishlashiga komaklashib, tushumlarni kopaytirish choralarini korishi muhimligi takidlandi.

Videoselektor orqali har bir mutasaddi vazirlik, idora, tashkilot rahbarlari va Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar hokimlarining kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan hisobotlari eshitildi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-04-2020, 22:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
:
-
:
20 ... -