» » O‘zbekistonda turfirmalar va mehmonlar 2020-yil oxirigacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etildi

O‘zbekistonda turfirmalar va mehmonlar 2020-yil oxirigacha yer va mol-mulk solig‘idan ozod etildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel, juma kuni, koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Prezident qiyin vaziyatda iqtisodiyotni, tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlash uchun muhim farmonga imzo chekkanini ma’lum qildi.

Farmonga ko‘ra, turistik va mehmonxona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar 2020-yil yakuniga qadar yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashdan ozod etildi. Ularga ijtimoiy soliq stavkasi hozirgi 12 foizdan 1 foizga tushirildi.

“Ushbu imtiyozdan sohada xizmat ko‘rsatayotgan mingdan ortiq subyektlar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashda intizom, sabr-toqat va mas’uliyat ko‘rsatishni so‘rab, xalqqa murojaat qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 23:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют