» » Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon koronavirusga qarshi kurashda hamkorlik masalasini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon koronavirusga qarshi kurashda hamkorlik masalasini muhokama qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-aprel, juma kuni, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat avvalida ikki davlat rahbarlari mintaqaga kirib kelgan yangilanish va yasharish bayrami — Navro‘z munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, ezgu tilaklar bildirdi.

Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi hamda sheriklikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, bank-moliya, madaniyat va ta’lim sohalarida kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.

Erishilgan kelishuvlar, shu jumladan, mamlakatlar poytaxtlari o‘rtasida qabul qilingan “yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida o‘zaro manfaatli kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha qo‘shma fond tashkil etishni jadallashtirish muhimligi qayd etildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va mintaqada pandemiya oqibatlariga qarshi samarali kurashish maqsadida o‘zaro hamkorlik va yaqindan muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar mamlakatlarda ko‘rilayotgan birinchi navbatdagi preventiv choralar va epidemiologik vaziyatni nazorat qilish tadbirlarini to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Koronavirusga qarshi kurashishda faol hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikka oid va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash masalasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Afg‘oniston prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют