» » O‘zbekistonda koronavirus sabab faoliyatini to‘xtatgan YaTTlarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatildi

O‘zbekistonda koronavirus sabab faoliyatini to‘xtatgan YaTTlarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel, juma kuni, koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Prezident qiyin vaziyatda iqtisodiyotni, tadbirkorlarni faol qo‘llab-quvvatlash uchun muhim farmonga imzo chekkanini ma’lum qildi.

Farmonga muvofiq, karantin davrida o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatiladi.

“Ushbu imtiyoz qariyb 150 ming yakka tartibdagi tadbirkorga katta ko‘mak bo‘ladi”, — dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, tushumi o‘tgan oydagiga nisbatan 50 foizga kamaygan kichik biznes subyektlariga aylanmadan olinadigan soliq, yer solig‘i, mulk solig‘i, ijtimoiy soliq va suv solig‘ini to‘lash muddati shu yil 1-oktabrga qadar kechiktiriladi.

“Tadbirkorlar bu imtiyozlardan soliq idorasini uydan turib xabardor qilishi mumkin”, — deya ma’lum qildi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют