» » Brent markasidagi neft narxi 12 foizga qimmatlashib barrel uchun 33 dollarga chiqdi

Brent markasidagi neft narxi 12 foizga qimmatlashib barrel uchun 33 dollarga chiqdi


Brent markasidagi neft narxi 12,13 foizga qimmatlashib, 33,14 AQSh dollarigacha ko‘tarilgan. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

OPEK+ kelishuvi a’zolarining neft narxini barqarorlashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvi 6-aprelda o‘tkaziladi. Bu haqda Ozarbayjon Energetika vazirligi ma’lum qilgan. Dushanbada kelishuvga a’zo mamlakatlar “Hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiya”ni muhokama qiladi. Saudiya Arabistoni OPEK a’zolarining Rossiya va boshqa katta miqdorda neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlarini favqulodda yig‘ilishga chorlagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham 3-aprel kuni mamlakatdagi katta neft ishlab chiqaruvchi zavodlar rahbarlari bilan majlis o‘tkazib, jahon neft bozoridagi vaziyatni muhokama qilgan. U xuddi shunga o‘xshash majlisni martda o‘tgan OPEK+ uchrashuvi oldidan ham o‘tkazgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp neft ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalarni xomashyo qazib olishni tartibga solish maqsadida ushbu vaziyatni muhokama qilishga chaqirgan. Tramp Rossiya va Saudiya Arabistonining neft qazib olish hajmini sutkasiga 10-15 million barrelga qisqartirishiga umid qilishini aytgan. Ikki davlat ishlab chiqarayotgan “qora oltin” hajmi dunyoda talab qilinadigan xomashyoning taxminan 10-15 foizini tashkil qiladi.

Mavzuga doir: 

OPEK+ neft ishlab chiqaruvchi davlatlar o‘rtasidagi kelishuv muddati mart oxirida yakuniga yetgan. 2020-yil 1-aprelidan Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqarish hajmini kuniga 12 million barrelgacha oshirdi. Rossiya esa sutkasiga 11,3 million barrel neft ishlab chiqarmoqda. Eng katta neft ishlab chiqaruvchi AQSh hisoblanadi. Mamlakatda kuniga ishlab chiqariladigan neft hajmi — sutkasiga 13 million barrel.

Mavzuga doir: 

ING ekspertlarining fikriga ko‘ra, OPEK+ kelishuviga a’zo mamlakatlarning neft ishlab chiqarish hajmini sutkasiga 10 million barrelga kamaytirishi guruh uchun katta qadam bo‘ladi. Ishlab chiqarish hajmining bu qadar kamaytirilishi boshqa katta ishlab chiqaruvchilar — Kanada, Braziliya va AQShni ham kelishuvga jalb qilishni talab etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют