» » Shavkat Mirziyoyev karantin davrida uyda rivojlantirish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi

Shavkat Mirziyoyev karantin davrida uyda rivojlantirish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel, juma kuni, koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda davlat rahbari karantin davrida uy sharoitida rivojlantirish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yanada qo‘llab-quvvatlanishini ma’lum qildi.

“Misol uchun, mamlakatimizda 28 mingdan ziyod hunarmand faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularga o‘tgan yili 50 million dollar mablag‘ ajratildi, 12,5 mingta loyiha doirasida hunarmandlar 75 mingdan ortiq yangi shogirdlarni tayyorladi. Ushbu soha uchun bu yil yana 50 million dollar mablag‘ yo‘naltirilmoqda. Yaratilayotgan bunday shart-sharoitlar hunarmandlar uchun katta imkoniyatdir”, — dedi Prezident.

Hunarmandlarga murojaat qilarkan, Prezident ularning mehnati, yangi-yangi tashabbuslari hozirgi vaqtda aholi bandligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shishini, shuningdek, tadbirkorlar, hunarmand va fermerlar, korxonalar rahbarlari berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanishlari kerakligini ta’kidladi.

“Eng asosiysi, joylarda nostandart yechimlarni izlab, ishlab chiqarish hajmlari va ish joylarini saqlab qolish, korxonalar faoliyatini davom ettirish zarur”, — dedi Prezident.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurashda intizom, sabr-toqat va mas’uliyat ko‘rsatishni so‘rab, xalqqa murojaat qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют