» » Turkiyada 20 yoshdan kichik bo‘lganlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlandi

Turkiyada 20 yoshdan kichik bo‘lganlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlandi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 3-aprel kuni mamlakat aholisiga murojaat yo‘lladi va koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq yangi me’yorlar haqida gapirdi. Bu haqda “TASS” xabar bergan.

“4-apreldan boshlab 15 kun mobaynida mamlakatdagi 30 ta shahar va nafas yo‘llari kasalliklari tarqalgan Zonguldak viloyatiga avtotransportlarning kirishi hamda chiqishi taqiqlanadi. 20 yoshdan kichik bo‘lganlar uchun komendantlik soati e’lon qilinadi. Fuqarolar odamlar to‘planadigan yerlarda, supermarketlar, bozorlar va ish joylarida tibbiy niqoblarni taqib yurishga majbur”, — deya ta’kidlagan Turkiya prezidenti TRT telekanalidagi efirda.

Shuningdek, Erdo‘g‘on ko‘chada va jamoat joylarida ijtimoiy masofa saqlash lozimligi haqida ham eslatgan. Endi Turkiyada ham ushbu qoidalarga bo‘ysunmaganlarga nisbatan keskin choralar ko‘riladi.

Mavzuga doir: 

COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat Turkiyada 10-mart kuni Yevropadan qaytgan fuqaroda aniqlangan. 3-aprel holatiga ko‘ra mamlakatda infeksiya bilan kasallanganlar soni 20 921, vafot etganlar 425 , sog‘ayib ketganlar esa 484 nafarga yetgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют