» » Putin OPEK+ va AQSh bilan birga neft ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga tayyorligini bildirdi

Putin OPEK+ va AQSh bilan birga neft ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga tayyorligini bildirdi


Rossiyaning neft ishlab chiqaruvchi boshqa mamlakatlar bilan birgalikda bir sutka davomida ishlab chiqariladigan neft hajmini 10 million barrelgacha tushirishga tayyor. Bu haqda RF prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi neft zavodlari rahbarlari bilan o‘tkazilgan majlisda ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RBK”.

“Albatta, barcha ishlar hamkorlik doirasida amalga oshiriladi”, – deya ta’kidlagan Putin videokonferensaloqa tarzida o‘tgan majlisda.

Vladimir Putin Rossiyaning AQSh hamda OPEK+ kelishuviga a’zo boshqa davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirgan.

Putin neft ishlab chiqarish hajmini jahon bozorida boshlangan inqiroz sharoitida qisqartirish lozimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra Rossiya neftning narxi baland bo‘lishini istamaydi va qora oltin narxi juda past bo‘lishiga qarshi kurashadi. Putinning fikricha barrel uchun 42 AQSh dollari Rossiya neftiga berilgan munosib qiymat, sababi budjetdan shunga yaqin mablag‘ neft qazib olishga sarf etiladi.

“Neft narxlarining inqiroziga Saudiya Arabistonidagi hamkorlarimizning OPEK+ kelishuvidan chiqqani, ularning neft ishlab chiqarish hajmini oshirgani va xaridorlar uchun chegirmalar e’lon qilgani sabab bo‘ldi”, — degan Putin.

Mavzuga doir: Putin va Tramp telefon orqali koronavirus pandemiyasi hamda neft narxlarini muhokama qildi

Rossiya prezidenti Saudiya Arabistoni hukumatining ushbu yo‘l bilan katta hajmda neft ishlab chiqaruvchi raqobatchilardan qutulmoqchi bo‘lgani, buning uchun neft narxining barreli 40 dollarga tushishi kutilganini aytib o‘tdi.

RF davlat rahbarining aytishicha, ular qaysidir ma’noda ushbu maqsadiga erishmoqda. Putin Rossiyaning hech qachon bu kabi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ymagani, barcha hamkorlarning manfaatlarini hisobga olishi va shundagina bozordagi inqiroz bartaraf qilinishini ma’lum qildi.

Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak Saudiya Arabistoni, AQSh va OPEKga kiruvchi yoki unga kirmagan katta neft ishlab chiqaruvchi davlatlarning kelishuvi har tomonlama manfaatli ekanini tasdiqladi.

Mavzuga doir: 

Avval Bloomberg nashri Rossiya neft kompaniyalarining Saudiya Arabistoni va boshqa neft ishlab chiqaruvchi mamlakatlar bilan birgalikda jahon qora oltin bozoridagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlarini amalga oshirishi haqida xabar qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют