» » “O‘zbekiston va uning to‘rt qo‘shnisi inqirozga qarshi birgalikda kurashishi lozim”. Fransiyalik siyosatshunos Emmanuel Dyupyui bilan suhbat

“O‘zbekiston va uning to‘rt qo‘shnisi inqirozga qarshi birgalikda kurashishi lozim”. Fransiyalik siyosatshunos Emmanuel Dyupyui bilan suhbat


COVID-19 kasalligi tarqalganiga besh oy bo‘lgan bo‘lsa-da, dunyo hamon u bilan kurashib kelmoqda. 15-martda kasallik O‘zbekistonga ham kirib keldi. Pandemiya qachon yakunlanadi? Nega u jadallik bilan tarqab ketyapti? Kasallikdan keyin dunyo geosiyosiy olamida qanday o‘zgarishlar yuz beradi? “Daryo” shu kabi savollarga javob topish maqsadida fransiyalik siyosatshunos, Yevropada istiqbolni belgilash va xavfsizlik instituti prezidenti Emmanuel Dyupyuiga murojaat qildi.

Emmanuel Dyupyui 1971-yil 28-iyulda Fransiyaning Forbak kommunasida tavallud topgan. Ayni damda Parijda istiqomat qiladi. Xalqaro munosabatlar va mudofaa masalalari bo‘yicha mutaxassis. Yevropada istiqbolni belgilash va xavfsizlik instituti prezidenti lavozimida va Lil katolik universistetida tadqiqotchi-o‘qituvchi sifatida ham faoliyat yuritadi. Oliy ta’limni Fransiyaning bir qator nufuzli universitetlarida – Mishel de Monten nomidagi Bordo 3 universitetida tarix, Tuluza universitetida siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olgan.

Fransiya mudofaa vazirligi, Mudofaa va sobiq jangchilar davlat kotibiyatida maslahatchi, Afg‘onistonda Fransiya harbiylari tarkibida siyosiy maslahatchi singari yuqori davlat lavozimlarida, shuningdek, bir qator xorijiy va mahalliy oliy ta’lim dargohlarida o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Bugungi kunda yuqoridagi lavozimlaridan tashqari, UDI (Demokratlar va mustaqillar birligi) partiyasida xalqaro munosabatlar bo‘limi a’zosi. O‘zbekistonga bir necha bor parlament hamda prezident saylovlarida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan.

– Yanvar oyi oxiri va fervalning boshi biroz sokin kechdi. Ammo COVID-19’ning Italiya va Janubiy Koreyada avj olib ketishi ortidan vaziyat o‘zgardi. Shundan buyon kasallik xavfli tus ola boshladi. Uning dunyo bo‘ylab keng tarqalib ketishi sababi nimada? Ko‘rib turganimizdek, kasallik sababli iqtisodiyot tushkunlikka yuz tutmoqda. COVID-19’ning geosiyosiy va geoiqtisodiy oqibatlari ham bo‘ladimi?

– Shubhasiz, koronavirus pandemiyasidan oldingi va keyingi holat albatta bo‘ladi. Dunyoning hech bir mintaqasi bundan chetda qolmaydi. Inqiroz turli xil jiddiy oqibatlarga olib keladi, ular ba’zan ketma-ket, ba’zan bir vaqtning o‘zida sodir bo‘ladi.

Aprel oyi boshida dunyo bo‘ylab kasallanganlar soni 1 milliondan oshdi, ulardan 50 mingdan ortig‘i vafot etdi. Ushbu sanitar inqiroz yanada kuchayib, hatto bir necha yuz minglab odam vafot etishi mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda juda jiddiy iqtisodiy inqiroz ham yuz beradi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, global iqtisodiy o‘sish 2,1 baravargacha qisqarishi mumkin. Yevropada esa bu ko‘rsatkich Yevropa markaziy banki prezidenti Kristin Lagard aytganidek, 2,5 baravardan 5 baravargacha bo‘lishi mumkin. Yevrozonaga kiradigan 19 mamlakatning xalqaro bank hisob raqamlari 2020-yilning birinchi semestrida 24 foizgacha pasayishi mumkin.

Yuz yildan keyin hozirgi vaziyat haqida gap ketganda shunday xulosa qilinadiki, Yevropa bila turib iqtisodiy va diplomatik jihatdan o‘zini halokatga tashladi va bundan AQSh hamda Xitoy xalqaro ishlarni boshqarishda qo‘sh hokimiyatchilikni yo‘lga qo‘yishda foydalandi.

Federal rezerv tomonidan ruxsat berilgan qiymati 500 milliard dollarlik g‘azna veksellarining yoppasiga sotib olishga qaratilgan iqtisodiy strategiyaning tanlanishi COVID-19 inqirozining muqarrar Xitoy—Amerika boshqaruvidan dalolatdir.

Inqiroz nazoratsiz va boshqaruvsiz multilateralizm o‘zini oqlamasligini ko‘rsatib berdi. Katta yettilik va katta yigirmatalikning videokonferensiya orqali o‘tgan sammitlari muvaffaqiyatli bo‘lmadi va ular AQSh va YI o‘rtasidagi bo‘shliqni ochiqroq ko‘rsatib berdi. Bunga javoban Yevropa birlashmasa, u qayta mavjud bo‘lmaydi.

Hozirda xalqaro munosabatlarning “g‘arbsizlashtirilishi” o‘rnatildi. Jak Attali kelajakda ko‘p tomonlama muvofiqlashtirishni (koordinatsiya) va mintaqaviy hamkorlikni talab qiluvchi inqirozlarga yechim topish uchun hozirgiga ekvivalent ko‘lamdagi inqirozlarga qarshi tura oladigan “dunyo hukumati”ni tuzishni taklif qilganida haq edi. Vladimir Putin, o‘z navbatida, BMT Xavfsizlik kengashining 5 doimiy a’zosining (AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya) muntazam boshqaruvini taklif qilgan edi.

Boshqalar esa hozirda katta yettilik miqyosida amalga oshiriladigan iqtisodiy va diplomatik boshqaruvni katta o‘ttizlikkacha kengaytirishni taklif qilmoqda. Ammo na Rossiya, na Xitoy va Hindiston G7 a’zosi bo‘lmagan va G20’da uncha mavqega ega bo‘lmay turgan paytda rivojlanayotgan yangi davlatlarning, jumladan, Markaziy Osiyo (Qozog‘iston va O‘zbekiston) davlatlarining qo‘shilishi yetarli bo‘lmaydi.

Bugungi mavhum va tashvishli davrda birdamlikning yangi shakllari paydo bo‘ladi. Turkiya tibbiy niqob ishlab chiqarishni mahalliylashtirganini e’lon qilmasidan oldin uni Italiyaga yetkazib berayotgan edi. Rossiya, Xitoy, Kuba ham Yevropaga, xususan, Italiyaga yordamga oshiqdi. Bu esa YI va Rimning kulfatiga tezroq javob qaytarishi kerak bo‘lgan geosiyosiy hamkorlari o‘rtasidagi bo‘shliqning tobora kattalashayotganini ko‘rsatib berdi.

Shuningdek, 14-mart kuni Xitoy Qizil xoch tashkilotiga tegishli bortida shifokorlar, nafas olish moslamalari, himoya niqoblari va kiyimlari, test tizimlari bor samolyot Italiyaga kelib qo‘ndi. Uning ortidan esa 22-mart kuni Rossiya va Kuba shunday yordam yuklarini yubordi. Tushkunlikdagi G‘arbning mazkur geosiyosiy voqeligi sovigan transatlantik aloqalar va o‘z gerblarini bezashni istaydigan aloqa kuchlari bizni xalqaro tartib va Yevropa hamkorligi borasidagi qarashlarimiz borasida jiddiy o‘ylab ko‘rishga majbur qilishi lozim.

– Nima deb o‘ylaysiz, davlatlar ichki ishlarida, ijtimoiy masalalarda o‘z siyosatlarini, boshqaruv shakllarini o‘zgartirishi kerakmi? Qanday xulosalar chiqarish kerak? Epidemiyadan keyingi dunyoda geosiyosiy va ijtimoiy hayotni qanday tasavvur qilyapsiz? Ushbu vaziyat integratsiyani kuchaytiradimi yoki aksincha? Oxir-oqibatda Yevropa Ittifoqining taqdiri qanday bo‘ladi?

– Dunyoning yarmini o‘z uyiga qamab qo‘ygan mazkur vaziyatdan kelib chiqib shu narsani ta’kidlash lozimki, COVID-19 pandemiyasi bizning g‘arbiy jamiyatlarning asosiy zaif nuqtalarini aniq ko‘rsatib berdi. Bular yovvoyi induvidualizm, umumiy manfaatning yo‘qligi, xavflarni oldindan ko‘ra olmaslik, ma’muriy muvofiqlashtirishning yetishmasligi, davlat va jamiyat hokimiyatining asta-sekin tarqalib ketishi, Italiyaning qayg‘uli chaqirig‘iga tezkorlik, samaradorlik va hamdardlik bilan javob qaytarish qobiliyatiga ega bo‘lmagan Yevropa Ittifoqining klinik o‘limi, texnologiyalar sohasidagi zaif investitsiya va kasallangan odamlarni aniqlashda sun’iy ongdan foydalanishni rad etish kabilar.

Bugun biz haddan tashqari globallashgan, lekin yetarli darajada tartibga solinmagan va jamoaviy birdamlik yetishmaydigan dunyoda yashamoqdamiz — koronavirus inqirozi buning eng aniq alomatlaridan biridir. Bertrand Badi bir necha kun ilgari France Inter radiosida chiqish qilgan chog‘ida “mushtarak bo‘lsa-da, faqatgina jamoaviy manfaatlar mavjud”ligini aytganda haq edi.

Lekin u, shuningdek, ko‘lami bo‘yicha tengsiz bo‘lgan ushbu inqiroz davlat hokimiyati organlarini oldinga olib chiqishini va mazkur turdagi global inqirozga qarshi turishda davlatning ahamiyatini eslatib turishini ham qo‘shimcha qilishi mumkin edi.

Biror-bir xavfli virus chegaralar osha harakat qilib yurganda davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik (qaramlik) ojizlikning faktori bo‘lishi mumkin. Ammo biz o‘zaro hamkorlik qilish va bir-birimizga yordam berishni qabul qilsak, bu kuch faktoriga ham aylanishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, Yevropa Kengashining Italiya bilan moliyaviy hamjihatlikning yo‘qligi sababidan kelib chiqqan muvaffaqiyatsizligi shuni ko‘rsatmoqdaki, barqaror global boshqaruv va samimiy birdamlik yo‘q joyda multilateralizm yashayveradi.

Bugungi mushkul ahvolga tushgan va bir ovozdan gapira olmayotgan Yevropa Ittifoqi hozirgi favqulodda inqiroz davrida o‘zini yengib o‘tishi lozim. U birlashishi va samarali bo‘lishi kerak, ayniqsa, YI o‘zi intilgan darajaga yetish  imkonini o‘ziga berishi lozim: yanada global va yanada birdam boshqaruv namunasini, aks holda u boshqa mavjud bo‘lmaydi.

– Siz O‘zbekistonga ko‘p bora tashrif buyurgansiz, ko‘p hodisalardan xabardorsiz deb o‘ylayman. O‘zbekiston ham koronavirus pandemiyasidan chetda qolmadi. 221 kishi kasallangan bo‘lsa, shulardan 2 nafari vafot etdi. Yana 25 kishi allaqachon tuzalib ketdi. Nima deb o‘ylaysiz? O‘zbekiston mazkur “urush”da, agar shunday deb ataydigan bo‘lsak, g‘alabaga erisha oladimi? Bu yangi hukumatning mintaqaviy birdamlik zarurligini sezgan holda boshlagan islohotlarini sekinlashtirishi mumkinmi?

– O‘zbekiston va uning Markaziy Osiyodagi to‘rtta qo‘shnisi (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston) tabiati, ko‘lami va davomiyligi jihatidan favqulodda bo‘lgan mazkur inqirozga qarshi birgalikda kurashishi lozim. Chunki bugungi inqiroz 1929-yilgidan xavfliroq, 2008-yilgidan esa ancha xavfli bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmagan fojiali voqelikdan tashqari, qanchalik xavfli bo‘lmasin, mamlakat kelajakda yuz tutishi mumkin bo‘lgan inqirozlarga qarshi vosita va choralarni qo‘llashda oldindan harakat qilish uchun mintaqaviy hamkorlik va integratsiya barqaror va legitim yechim ekanini baholovchi obyektiv sabablar bor.

Shubhasiz, COVID-19 epidemiyasining tez harakat qilishining javobini qayta tiklangan milliy suverenitet prinsipiga asoslangan post-sovet merosga ega qo‘shnilar o‘rtasidagi hamkorlikning kengayishidan izlash kerak. Darhaqiqat, ushbu yangi mustaqil davlatlarning qurilishi SSSR parchalanishidan oldin boshlangan va o‘zlarining yangi ijtimoiy shartnomasining asosi bo‘lgan konstitutsiyalarning qabul qilinishi bilan mustahkamlangan edi.

Ular, asosan, “demokratik markazchilik”ning qoldiqlaridan ilhomlangan, shunga qaramay 1992–1995-yillar orasida Sovet Ittifoqiga qadar bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy an’analarni o‘zida mujassam etgan edi.

SSSR parchalanishi va sovuq urushi nihoyasiga yetganidan qariyb 30 yil o‘tib, dunyo tobora kuchayib borayotgan globallashuv va ko‘p markaziylikning paradoksal bosqichiga o‘tdi. Bugungi vaziyat bu yerda ko‘p qutblilik deyishimizga imkon bermaydi. Biz dunyoning beqaror, zaif va oldindan aytib bo‘lmaydigan darajaga kelib qolganini va davlatlarning o‘zaro bog‘liq ekanini tushunishimiz uchun pandemiya kelishini kutishimiz shart emas edi.

Shuningdek, 2020-yil yanvar oyidan boshlab bizni qamrab olgan muammolardan tashqari O‘zbekiston oldida turgan muammolar ham kichik muammolar emas: iqlim o‘zgarishlari, qayta tiklanadigan energiyaning kamayishi, yashirin ksenofobiya va millatchilik kayfiyatlari (hozirgi sharoitda kuchayib ketishi mumkin), boshqa joylarda bo‘lgani kabi kuchli diniy o‘ziga xoslik voqeligining radikallashuvning shakllariga qarama-qarshi kelishi, demografik muammoning ahamiyati va unga javob beradigan davlat siyosati, terrorizmdan siyosiy harakat yoki ijtimoiy umidsizlik usuli sifatida foydalanish, shuningdek, uning O‘zbekistonda, kengroq miqyosda butun Markaziy Osiyoda pandemiya sababidan yuzaga chiqadigan ijtimoiy zaiflikni kuchaytiruvchi ko‘plab hodisalarni qamrab olgan giyohvand moddalar kontrabandasi muammosi bilan bog‘liqligi shular jumlasidandir.

Kam rivojlangan, aholi soni ko‘p bo‘lmagan, oz yoki yomon infrastrukturaga ega, ichki etnik mojarolarni boshidan kechirgan, turli diniy oqimlarning nishoniga aylangan Markaziy Osiyo mintaqasi faqatgina uni atrofida o‘rab turgan (Rossiya, Xitoy, Hindiston) yoki uni iqtisodiy jihatdan shakllantirgan (AQSh va Yevropa) davlatlar orqaligina mavjud.

Hozirgi kunda AQSh, Rossiya va Xitoy jahonning uchta asosiy kuchi sifatida qolmoqda. Shunday qilib, pandemiya fonida o‘z atrofida mintaqaviy makonni tuzishga qodir bo‘lgan uch davlatning iqtisodiy, madaniy va strategik manfaatlariga mos keladigan yangi geosiyosiy qarama-qarshilik yuzaga kelmoqda.

Jahongir Ostonov suhbatlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют