» » Toshkentda tibbiy niqob va qo‘lqoplarni tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatilmoqda

Toshkentda tibbiy niqob va qo‘lqoplarni tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatilmoqda


Toshkentda tibbiyot chiqindilari — niqob, qo‘lqop va boshqa koronavirusdan himoya vositalarini yo‘q qilish uchun maxsus qutilar o‘rnatilmoqda. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi sabab tibbiyot chiqindilari misli ko‘rilmagan darajada ko‘p hosil bo‘lmoqda. “Mamlakatimizda hech qachon bu qadar ko‘p doka niqoblar, rezina qo‘lqoplar, himoya vositalari ishlatilmagan. Ularni ishlatib bo‘lgandan keyin maishiy chiqindilarga aralashtirish, aslo mumkin emas”, — deyiladi xabarda.

Shu maqsadda poytaxtning Mirobod tumanida faoliyat yuritayotgan “Mironshoh” va “Rahnamo” muqobil sanitar tozalash xususiy korxonalari Hasher Week loyihasi bilan hamkorlikda yangi loyihaga qo‘l urdi.

Korxonalar o‘z tasarrufidagi chiqindi yig‘ish maydonchalariga (ular jami 14 ta) ishlatilgan niqoblar, rezina qo‘lqoplar, turli xildagi tibbiy himoya vositalarini tashlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy chiqindi qutilarini o‘rnatmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda tibbiy niqob ishlab chiqarish hajmi 10 baravar oshirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют