» » Turkiya hukumati fuqarolarning jamoat joylarida niqobda yurishini majburiy qilib qo‘ydi

Turkiya hukumati fuqarolarning jamoat joylarida niqobda yurishini majburiy qilib qo‘ydi


Koronavirus pandemiyasi sabab Turkiyaning 30 ta yirik shahriga 15 kun muddatga kirish va chiqish taqiqlandi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq Turkiyada bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanganlar soni 18 135 kishidan 20 921 kishiga oshib ketgani haqida ma’lum qilingandi.

“Eng muhimi — izolyatsiya, lekin biz bunga rioya qilmaslik holatlariga duch kelyapmiz. Shu sababli ixtiyoriy izolyatsiyadan majburiyga o‘tishga to‘g‘ri keladi. Turkiyaning yirik 30 shahriga, shuningdek, Zonguldak viloyatiga bugundan boshlab 15 kunga kirish-chiqish, 20 yoshdan kichik bo‘lganlarga ko‘chaga chiqish taqiqlanadi, jamoat joyida yuradigan barcha niqobda bo‘lishi kerak”, — deydi Erdo‘g‘on.

COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bo‘yicha birinchi holat Turkiyada 10-mart kuni Yevropadan qaytgan fuqaroda aniqlangan. Mamlakatdagi barcha ta’lim muassasalari yopilgan. 3-aprel holatiga ko‘ra mamlakatda infeksiya bilan kasallanganlar soni 20 921, vafot etganlar 425, sog‘ayib ketganlar esa 484 nafarga yetgan.

Mavzuga doir: Turkiyada koronavirus sabab mushkul vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam beriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют