» » Janubiy Koreyada ijtimoiy masofalanish davri yana ikki haftaga uzaytirildi

Janubiy Koreyada ijtimoiy masofalanish davri yana ikki haftaga uzaytirildi


Janubiy Koreya hukumati fuqarolarning zarur bo‘lmagan holatda uydan chiqmaslikka chorlovchi ijtimoiy masofalanish muddatini 19-aprelga qadar uzaytirdi. Bu haqda Markaziy shtabning strategiya va rejalashtirish bo‘limiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq Janubiy Koreyada ikki hafta muddatga — 22-martdan 5-aprelga qadar ijtimoiy masofalanish e’lon qilingandi.

“Kuchaytirilgan ijtimoiy masofalanish davri yana ikki haftaga, 19-aprelga qadar, uzaytirildi. Fuqarolarga tashqariga chiqish, tadbirlarga borish, sayohat qilish — agar zarurat bo‘lmasa uydan chiqmaslik tavsiya etiladi. Ikki metr oraliq masofani saqlang, bir-biringiz bilan qo‘l berib ko‘rishmang, atrofingizdagi narsalarni dezinfeksiya qilib turing”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ko‘pchilik bo‘lib bir joyda ovqatlanish eng xavfli holat. Tadbirkorlarga uydan ishlash, moslashuvchan grafik va ish vaqtini o‘zgartirish orqali yaqin aloqa bo‘ladigan ish muhitidan qochish tavsiya etilmoqda. Mahalliy hukumat aholining mobil telefonlariga xabar yuborib, ularni olcha gullaganini tomosha qilishga chiqmaslikka chaqirmoqda.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy masofalanish davri boshlanganidan buyon kasallikka chalinish holati 19,8 foizdan 6,1 foizga tushgan. Shuningdek, pandemiya boshlanganidan buyon metrodagi yo‘lovchilar soni ikki barobarga kamaygan.

Janubiy Koreya bosh vaziri Chon Se Gyunning aytishicha, kasallar soni sutkasiga taxminan 100 kishini tashkil etayotgani sabab hukumat ijtimoiy masofalanish davrini uzaytirishga majbur.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 ming kishidan oshgan, 177 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют