» » Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha bir sutkada 19 ta yangi holat qayd etildi

Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha bir sutkada 19 ta yangi holat qayd etildi


Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirusdan 4 kishi vafot etdi, kasallikka chalinish bo‘yicha 19 ta yangi holat aniqlandi, ularning 18 tasi chetdan yuqtirilgan, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib.

Unda aytilishicha, Xitoyda umumiy hisobda koronavirusni chetdan yuqtirish bilan bog‘liq 888 ta holat qayd etilgan. Ulardan 698 kishi kasallanganligicha qolmoqda (shundan 17 nafarining ahvoli og‘ir), 190 kishi tuzalgan, chetdan kelgan kasallanganlarning vafot etgani hozircha qayd etilmagan.

Jon Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 82 515 taga yetgan, 76 923 kishi kasalxonadan chiqarilgan, 3 330 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati 1-apreldan boshlab koronavirus hech qanday belgilarsiz tarqalayotgani haqida ma’lumot bergandi. So‘nggi sutkada 64 ta shunday holat aniqlangan. Ularning 26 tasi chetdan kelgan fuqarolardan yuqqan.

Shuningdek, qayd etilishicha, o‘tgan bir sutka ichida 58 kishiga karantindan javob berilgan. Test ularda virus borligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, biroq kasallikning hech qanday alomatlari aniqlanmagan.

Mavzuga doir:Singapurda koronavirus birinchi bor belgilarsiz tashuvchi orqali yuqishi mumkinligi tasdiqlandi

Avvalroq Xitoy hukumati 4-aprelni koronavirus oqibatida vafot etganlar uchun motam kuni deb e’lon qilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют