» » “Sevgi iztirobi” seriali O‘zbekistonda uchinchi marta efirdan olib tashlandi

“Sevgi iztirobi” seriali O‘zbekistonda uchinchi marta efirdan olib tashlandi


Zo‘r TV telekanalida ikki marta efirdan olib tashlangan Turkiyaning “Sevgi iztirobi” (Kara sevda) seriali 30-mart, dushanba kunidan efirga berila boshlagandi. Ammo 2-apreldan boshlab serial namoyishi to‘xtatib qo‘yildi.

Karantin tufayli O‘zbekiston telekanallarida yangi ko‘rsatuvlar olish imkoniyati biroz cheklanganligi tufayli telekanallar avval namoyish etilgan bir necha seriallarni qaytadan qo‘yishni boshladi. Hozirda “Milliy TV”da Turkiyaning “Ko‘sem” va “Muhtasham yuz yil” seriallari qaytadan qo‘yilmoqda. “Zo‘r TV” telekanali ham mart oyining oxirida “Sevgi iztirobi” seriali yana namoyish etilishini e’lon qilgandi.

Birinchi mavsumdan namoyishi boshlangan “Sevgi iztirobi” 3 ta qismdan so‘ng efirdan olindi. Uning o‘rniga Turkiyaning boshqa bir seriali — “Gulperi” namoyish etilmoqda. Zo‘r TV serial nima uchun efirdan olinganiga izoh bermagan, biroq bundan buyon serialni telekanalning Telegram’dagi kanalida ko‘rish mumkinligini ma’lum qildi.

View this post on Instagram

#ZORTV_BILAN_UYDA_QOLING ???? "SEVGI IZTIROBI" serialini endi "ZO?R TV" telekanalining telegramdagi rasmiy sahifasida tomosha qilishingiz mumkin!????

A post shared by Телеканал ZO'R TV (@zortv.uz) on

“Sevgi iztirobi” Zo‘r TV xususiy kanali orqali ilk marta 2017-yil sentabridan boshlab namoyish etila boshlandi. Ushbu serial O‘zbekistonda tezda ommalashdi, hatto choyxonalarda ham serialni katta qiziqish bilan tomosha qilishdi. Uning reklama bannerlarini poytaxt ko‘chalarida ham ko‘rish mumkin edi.

2018-yil fevral oyida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov “Sevgi iztirobi” serialini tanqid qilishi ortidan film namoyishi to‘xtatilgan edi. O‘shanda serialning endigina ikkinchi fasli namoyishi boshlangandi.

Zo‘r TV telekanali 2019-yil iyul oyida “Sevgi iztirobi” efirga uzatilishini ma’lum qildi. 30-iyul kuni soat 20:00 da serial qolgan joyidan efirga uzatildi.

Ertasi kuni esa serial efirga uzatiladigan vaqtda boshqa ko‘ngilochar ko‘rsatuv namoyish etildi. Bu safar serialning nima sababdan efirdan olib tashlanganiga izoh berilmadi.

Ma’lumot uchun, “Kara sevda” seriali Turkiyada 2015-yildan 2017-yil yozigacha namoyish etilgan bo‘lib, 2 mavsum va 74 qismdan iborat. Uning har bir qismi 120—150 daqiqadan iborat. Serialning har bir epizodi turli davlatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham bir necha qismlarga bo‘lib uzatildi. Serial 2017-yilda “Yilning eng yaxshi telenovellasi” nominatsiyasida “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi. Dunyoning 20 dan ortiq davlatida, xususan, BAA, Iroq, Afg‘oniston Islom respublikalarida ham namoyish etildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют