» » Namanganda YPX xodimlaridan qochishga uringan haydovchi qo‘lga olindi (video)

Namanganda YPX xodimlaridan qochishga uringan haydovchi qo‘lga olindi (video)


Namangan shahrida YPX xodimlarining talabiga bo‘ysunmay qochib ketishga uringan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

“Namangan shahrida olib borilgan reyd tadbirlari davomida 50 L 436 GA davlat raqami belgili Nexia avtomobil haydovchisi tegishli hujjatlarni taqdim eta olmagan. Avtomobil haydovchisida o‘ziga tegishli haydovchilik guvohnomasi bo‘lmaganligi sabab u YPX inspektoriga bo‘ysunmasdan, harakatni noma’lum tomonga davom ettirib qochib ketdi”, — deydi viloyati IIB YHXB inspektori.

Oradan ko‘p o‘tmay, karantin talablarini buzgan fuqaro “Sardoba” mahallasidan biridagi ko‘chalarda qo‘lga tushgan.

Avvalroq Jizzaxda YPX inspektorini 600 metrga sudrab ketgan “stiker”siz haydovchi ushlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30-mart kuni soat 06:00 dan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yildi. Faqat Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)ga ega avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют