» » Ukrainada qizil salonga ega noyob “Jiguli” topildi. Olcharang mashina deyarli yo‘l bosmagan (video)

Ukrainada qizil salonga ega noyob “Jiguli” topildi. Olcharang mashina deyarli yo‘l bosmagan (video)


Ukrainaning Xarkov shahrida qizil rangli salonga ega olcharang “VAZ-21063” topildi. 1990-yilda ishlab chiqarilgan avtomobil 2225 kilometrgina masofa bosgan, deb xabar qiladi Motor.

Ushbu “vaqt kapsulasi” haqida birinchi bor 2018-yilning oxirlarida — sotuvga qo‘yilganida ma’lum bo‘lgan. Avtomobilning yangi egasi o‘shandan buyon 200 kilometrga yaqin masofa bosgan bo‘lib, noyob nusxani ehtiyotlab keladi va uni sotish niyatida emas.

Afsonaviy mashinaning kuzov va interyeri xuddi yangidek. Orqa eshik oynalarida zavod markirovkasi ham saqlanib qolgan. Avtomobilning yangi egasiga zaxira balloni, asbob-anjomlar jamlanmasi, shuningdek, original qo‘llanma qo‘shib berilgan.

Mavzuga doir: Ukrainadagi ombordan deyarli yurmagan “Zaporojets” topildi (foto)

“VAZ-21063”ning ushbu modifikatsiyasi 1979-yildan 1994-yilga qadar ishlab chiqarilgan bo‘lib, avtomobil 1,3 litrli karbyurator dvigatel bilan jihozlangan. To‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladigan avtomobilni 69 ot kuchi harakatga keltiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют