» » Jizzaxlik ota o‘g‘lining armiyadan kelgani munosabati bilan karantin vaqtida ziyofat uyushtirgani aniqlandi

Jizzaxlik ota o‘g‘lining armiyadan kelgani munosabati bilan karantin vaqtida ziyofat uyushtirgani aniqlandi


Jizzaxda o‘g‘lining armiyadan kelgani munosabati bilan karantin vaqtida ziyofat uyushtirgan ota jarimaga tortildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ziyofat 3-aprel kuni o‘tkazilgan. Viloyatning Arnasoy tumanida yashovchi 53 yoshli X.Q. o‘g‘li M.Q. 28-mart kuni harbiy xizmatni o‘tab qaytganligi munosabati bilan o‘zining uyida ziyofat bergan. Ziyofatda o‘g‘lining 24 nafar sinfdoshi ishtirok etgan.

Shu sababli. X.Q. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyaga qarishi kurash qoidalarini buzish)ga asosan javobgarlikka tortilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-aprel, juma kuni, koronavirus tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurash masalalari bo‘yicha videoselektorda “qancha ogohlantirish va tushuntirish ishlariga qaramay, joylarda karantin qoidalari buzilayotgani”ni afsus bilan aytib o‘tgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan boshlab to‘y-marosimlar o‘tkazish bekor qilingan edi. 27-martdan boshlab esa zaruratsiz ko‘chaga chiqish, ko‘chada va jamoat joylarida uch kishidan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlangan. Fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida ikki metr masofa saqlashi shartligi belgilangandi.

Avvalroq karantin vaqtida Toshkentning Chilonzor tumanida to‘y o‘tkazishga urinish holatining oldi olingani, Yunusobodda esa kuyov-navkar marosimini tashkillashtirgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют