» » Toshkentdan Termizga yuk mashinasida kelgan 8 nafar fuqaro karantinga olindi (video)

Toshkentdan Termizga yuk mashinasida kelgan 8 nafar fuqaro karantinga olindi (video)


Toshkent shahridan Surxondaryo viloyatiga yuk mashinasida kelgan 8 nafar fuqaro karantinga olindi. Bu haqda Surxondaryo IIB axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Joriy yilning 3-aprel kuni soat 11:30 da Termiz shahridagi patrul-postda to‘xtatilgan yuk avtomobilida 8 nafar yo‘lovchi borligi ma’lum bo‘lgan.

Yo‘lovchilarning aytishicha, ular Toshkent shahridan Surxondaryo viloyatining Termiz shahriga yo‘l olgan Isuzu haydovchisi bilan kelishib, 50 ming so‘m evaziga manziliga yetib kelgan.

Holat yuzasidan Termiz shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. 8 nafar yo‘lovchiga nisbatan esa ma’muriy bayonnomalar tuzilib, ular viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga karantinga olingan.

Mavzuga doir: Yuk mashinasida Toshkentdan Xorazmga odam olib ketayotgan shaxs aniqlandi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют