» » “O‘zbekkonsert” direktori san’atkorlar “Mehr-shafqat va saxovat” fondiga 1,7 mlrd so‘m o‘tkazib berganini aytdi

“O‘zbekkonsert” direktori san’atkorlar “Mehr-shafqat va saxovat” fondiga 1,7 mlrd so‘m o‘tkazib berganini aytdi


O‘zbekistonlik san’atkorlar tomonidan bugunga qadar “Mehr-shafqat va saxovat” fondiga 1,7 milliard so‘mdan ko‘proq homiylik mablag‘lari tushirildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” direktori Odiljon Abduqahhorov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Avvalroq o‘zbekistonlik taniqli san’atkorlar koronavirusga qarshi kurashishga 350 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratgani haqida xabar berilgandi.

‘O‘zbekkonsert’ davlat muassasasi faqatgina san’atkorlarning litsenziyasini olish yoki jazolash bilan shug‘ullanmaydi. Muassasa bugungi kunda respublikamizda konsert faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, san’atkorlarning haq-huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot hisoblanadi. O‘zbekistonda ‘otarchi’ degan tushuncha yo‘q. Ming afsuski, ayrim ziyolilarimiz yoki taniqli insonlarimiz tomonidan efirlarda yoki boshqa joylarda, ijtimoiy tarmoqlarda san’atkorlarga nisbatan ‘otarchi’ deb munosabat bildirilishi ijtimoiy tarmoqlardagi ‘tirnoq ichidan kir qidiruvchi’ ayrim fuqarolarimizga qo‘l kelmoqda. Mana 3—4 kundan buyon san’atkorlarimiz sha’niga haqoratomuz so‘zlar va o‘rinsiz gaplar ishlatilayotgani san’atkorlar orasida ham ayrim noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Odiljon Abduqahhorov, “O‘zbekkonsert” direktori

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют