» » Koronavirusga chalingan 14 yoshli qashqadaryolikning otasi va opasida ham kasallik aniqlandi. Ularning qishlog‘i karantinga olindi

Koronavirusga chalingan 14 yoshli qashqadaryolikning otasi va opasida ham kasallik aniqlandi. Ularning qishlog‘i karantinga olindi


Koronavirusga chalingan 14 yoshli qashqadaryolikning otasi va opasi ham kasallikni yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov ma’lum qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, viloyatda koronavirusga chalingan bemorlar uch nafarga yetgan.

Xabar berishlaricha, bemorning 36 yoshli otasi Toshkentda yashovchi qarindoshi — rafiqasining koronavirusga chalingan akasi bilan yaqin muloqotda bo‘lgan (rafiqasining akasi 28-mart kuni kasallikdan vafot etgan). Bemorning 16 yoshli opasi esa ukasi bilan muloqot orqali kasallikka chalingan.

Ma’lum bo‘lishicha, 14 yoshli bemorning onasi va boshqa oila a’zolarida bu kasallik aniqlanmagan.

Ayni paytda bemorlar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ularning holati o‘rta og‘ir darajada. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning barchasi va ular yashagan hudud Chiroqchi tumanining Zum qishlog‘i karantinga olingan.

Eslatib o‘tamiz, 14 yoshli bemor viloyatning Chiroqchi tumanidan bo‘lib, u ota-onasi bilan 16—21-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib, 20—21-mart kunlari qarindoshi — koronavirusdan vafot etgan ikkinchi bemornikida bo‘lgan.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 4-aprel soat Toshkent vaqti bilan 10:00 holatiga ko‘ra, 241 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 89) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют