» » Karantin bo‘lishiga qaramay, Qarshida avtomobillar qatnovi to‘xtamayotgani tanqid qilindi

Karantin bo‘lishiga qaramay, Qarshida avtomobillar qatnovi to‘xtamayotgani tanqid qilindi


Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida karantin bo‘lishiga qaramasdan avtomobillar qatnovi to‘xtamayotgani tanqid qilindi.

Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan fuqaroning ta’kidlashicha, ushbu video 2020-yilning 3-aprel kuni kechki payt 20:00 larda tasvirga olingan.

“Qarshi shahrining Jayhun ko‘chasidagi holat bu. Moshinalar tinmayapti. Muncha moshina... Qanaqa karantin bu?”, — deya savol beradi video muallifi. Ta’kidlanishicha, ushbu holat kunduz kuni ham davom etadi.

“Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning yozishicha, Qarshi shahridagi Yerqo‘rg‘on bozori oldidagi blokpostda ham yo‘lovchi tashuvchi Damas’lar paydo bo‘lgan.

“Bugun bozor qilish uchun Yerqo‘rg‘on bozoriga bordim. Bozorga yetmasdan shaharga kirishda barpo etilgan blokpostdan jismoniy shaxslarga tegishli 2—3 ta Damas’ga ko‘zim tushdi. Bemalol kirib-chiqyapti. Ajablanarlisi, postdan bozorgacha bo‘lgan, nari borsa 2 kilometr masofaga odam tashiyapti”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Orif Xudoyberdiyev.

Qashqadaryo IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulovadan viloyatda karantin qoidalariga amal qilmayotgan haydovchilar haqida ma’lumot so‘radik. Ammo mazkur savolimiz ochiq qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 1-apreldan boshlab maxsus ruxsatnomasiz avtomobil boshqarayotganlarga qarshi qo‘shma reyd boshlangandi. Farg‘onada esa maxsus ruxsatnomasiz harakatlangan 171 nafar haydovchi javobgarlikka tortildi. Shuningdek, Jizzax, Navoiy, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda ham o‘zboshimcha haydovchilarga qarshi reyd tadbirlari o‘tkazilgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют