» » Buxoroda mahallasidagi bolalar bog‘chasiga o‘g‘rilikka tushgan yigit qo‘lga olindi

Buxoroda mahallasidagi bolalar bog‘chasiga o‘g‘rilikka tushgan yigit qo‘lga olindi


Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi bolalar bog‘chasida o‘g‘rilik sodir etildi. Bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilgan viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i Farhod Latipovga ko‘ra, o‘g‘ri bog‘chadan televizor, mikroto‘lqinli pech va oshxona jihozlarini o‘g‘irlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Vobkent tumanidagi “Rabotohun” mahallasida joylashgan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari Munavvar Akramova joriy yilning 28-mart kuni IIBga murojaat qilib, bog‘chadan bir dona Artel televizori, bir dona mikroto‘lqinli pech, 3 dona har xil turdagi oshxona qozonlari hamda boshqa jihozlar o‘g‘irlangani haqida bildirgan.

Tezkor-surishtiruv jarayonida o‘g‘rilikni shu mahalla fuqarosi 22 yoshli S.D. sodir etgani aniqlangan.

Buxoro IIBning ta’kidlashicha, S.D. joriy yilning 26-mart kuni soat 10:00 larda bog‘cha devoridan oshib tushib, o‘g‘rilik sodir etganini tan olgan.

Mazkur holat yuzasidan S.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasining 2-qismi “g” bandi (Uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib o‘g‘rilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют