» » Jorjio Armani pandemiya moda dunyosini qay darajada o‘zgartirishi haqida ochiq xat yozdi

Jorjio Armani pandemiya moda dunyosini qay darajada o‘zgartirishi haqida ochiq xat yozdi


Dizayner Jorjio Armani WWD nashri uchun pandemiyaning moda olamiga ta’siri haqidagi fikrlarni o‘z ichiga olgan ochiq xat yozdi, deb xabar beradi Harper’s Bazaar.

Ushbu xatda kiyim-kechakni keng miqyosda ishlab chiqarish o‘zini oqlamasligi, shuningdek, ishlab chiqarishning mavsum bo‘yicha taqsimlanishi ob-havoga to‘g‘ri kelmasligi aytilgan.

Aslida dizayner bu kabi fikrlarni birinchi marta aytayotgani yo‘?q, u ko‘p yillardan buyon matbuot anjumanlarida shu mazmundagi mulohazalarni ta’kidlagan, biroq boshqalar bunga e’?tibor bermagan.

Koronavirus infeksiyasi sabab vujudga kelgan vaziyatda esa ko‘pchilik moda sanoatida ishlab chiqarishning mavjud tezligini sekinlashtirish kerak, degan xulosaga keldi. Vaqtinchalik yoki o‘tkinchi bo‘lmagan moda dizaynerlar faoliyatiga chinakam qiymatni qaytarishga imkon yaratadi.

Mavzuga doir: ?Moda sanoati koronavirusga qarshi kurashda qanday yordam beryapti?

Armanining tez urfdan qoladigan narsalar sanoatning lyuks segmentiga kirib kelganidan keyin moda olamida inqiroz yuzaga kela boshlaganiga, shu bilan birga, bu kabi tovarlar odamlarni yanada ko‘p xaridga undashiga ishonchi komil. Dizaynerning fikricha, haqiqiy lyuks brendlar hamisha trendda bo‘lib qolishi, ularning asl qiymati tushunilishi uchun esa vaqt kerak.

“Hashamat vaqtinchalik bo‘lishi mumkin emas. Shaxsan men do‘kon peshtaxtasida 3 hafta turganidan keyin olib tashlanadigan, uning o‘rnini esa undan hech qancha farqi bo‘lmagan boshqa bir model egallaydigan kostyum yoki libos taqdim qilishdan ma’no ko‘rmayman”, — deb yozadi Armani.

Shuningdek, Jorjio brendlar va ularni xarid qiladigan mijozlarni mantiqsiz pul sarflashlarini bas qilishga chaqirgan.

“Biz ayni vaqtda boshdan kechirayotgan, notinch bo‘lgan vaziyat bugunga qadar nimalar noto‘g‘ri qilingani va ularni o‘zgartirish uchun nimalar qilinishi kerakligi haqida o‘ylash uchun ulkan imkoniyat”, — deydi Armani.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют