» » Sohib Abbosxon Gollivudda yuk mashina haydovchi o‘zbek yigiti rolini ijro qiladi (video)

Sohib Abbosxon Gollivudda yuk mashina haydovchi o‘zbek yigiti rolini ijro qiladi (video)


Aktyor va rejissor Sohib Abbosxon “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad hamda aktyor va prodyuser Habibulla Nizomov tashkillashtirdi.

Sohib Abbosxon suhbat davomida Gollivuddan taklif tushgani haqida gapirib berdi.

Menga Gollivuddan taklif tushdi. AQShda ishlab yuradigan bir tanish akamizning prodyuser do‘stlari bor ekan. Ular bilan tanishib, gaplashganimda menga shunday taklif berishdi. Ya’ni AQShda yashaydigan musofir o‘zbek yigiti haqida ssenariy yozilgan ekan.

Buning ustiga ular qayerda ishlaysan deganida, men katta yuk mashina haydashimni ularga aytgan edim, u ssenariydagi qahramon ham katta yuk mashina haydovchisi bo‘lib chiqdi. Podadan oldin chang chiqarmoqchi emas edim, birdan qizishib, aytib yubordim. Agar nasib qilgan bo‘lsa, shu filmda rol ijro qilaman.

Sohib Abbosxon, aktyor va rejissor

Ma’lumot uchun, Sohib Abbosxon o‘zbek kino muxlislari orasida “Zanjir”, “Nahotki sen”, “Ajal so‘qmog‘i” kabi bir qancha film va seriallardagi bosh rollari bilan mashhurlikka erishgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют