» » Xitoylik veterinarlar Uxandagi mushuklarning 15 foizida koronavirus mavjudligini aniqladi

Xitoylik veterinarlar Uxandagi mushuklarning 15 foizida koronavirus mavjudligini aniqladi


Uxan virusologiya instituti va Xuachjun qishloq xo‘jaligi universiteti olimlari Uxan shahri hududidagi yuzta boshpanasiz it va mushuklarning qon namunalarini olib, hayvonlarning taxminan 15 foizi COVID-19 koronavirusi infeksiyasini tashuvchi degan xulosaga keldi. Tibbiyot xodimlari tomonidan bioRxiv elektron ilmiy kutubxonasiga joylashtirilgan natijalari shundan dalolat beradi.

Tadqiqot davomida olimlar shaharning turli qismida joylashgan boshpanasiz hayvonlar saqlanadigan muassasalarga borgan.

“Uxandagi o‘ndan ortiq mushukning organizmida SARS-CoV-2 antitanasini topdik. Bu Yer yuzining epidemiya tarqalgan boshqa hududlarida ham xuddi shu kabi holat kuzatilishi mumkinligini ko‘rsatadi”, — deyiladi ekspertlar xulosasida.

Tadqiqotlarda virus mushukdan insonga yuqishi mumkinligi haqida hech narsa deyilmagan, biroq olimlarning ta’kidlashicha, virus bir hayvondan boshqasiga havo-tomchilari orqali yuqishi mumkin.

Boshpanasiz mushuklar qanday qilib virusni yuqtirib olgani noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, virus ularning organizmiga odamlar bilan aloqa vaqtida tushgan bo‘lishi mumkin. Hozircha virus mushuklardan insonga yuqishi bo‘yicha birorta holat qayd etilmagan. Biologlar kasallikning bir hayvondan boshqashiga o‘tishi mumkinligini istisno etmayapti. Shu munosabat bilan, tadqiqot mualliflari odamlar va uy hayvonlarini masofadan ajratish choralarini ko‘rish, ularga nisbatan qattiq gigiyena va karantin choralarini joriy qilishni taklif etgan.

Bugungi kunda mushuklarda koronavirusni aniqlaydigan testlar mavjud emas. Infeksiyani aniqlash maqsadida olimlar SARS-CoV-2 qobiq oqsillari asosida maxsus indikator yaratgan.

Avvalroq amerikalik olimlar koronavirus haqidagi afsonalardan birini yo‘qqa chiqargani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, mart oyining o‘rtalarida O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari koronavirus hayvondan odamga yuqishini, lekin odamdan hayvonga yuqmasligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют