» » Putin Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqaruvchi raqobatchilaridan qutulish uchun OPEK+ kelishuvidan chiqqanini aytgandi. Ar-Riyod buni rad etmoqda

Putin Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqaruvchi raqobatchilaridan qutulish uchun OPEK+ kelishuvidan chiqqanini aytgandi. Ar-Riyod buni rad etmoqda


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni katta hajmda neft ishlab chiqaruvchi raqobatchilaridan qutulish uchun OPEK+ kelishuvidan chiqqanini aytgandi. Saudiya Arabistoni TIV bu xabarni rad etdi, deya ma’lum qildi Saudi Press Agency.

TIV xabarida aytilishicha, OPEK+ ishtirokchilari neft ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga Rossiyani ko‘ndirishga harakat qilsa ham, Moskvaning o‘zi kelishuvdan chiqqan.

Avvalroq Vladimir Putin neft narxlarining inqiroziga Saudiya Arabistonining OPEK+ kelishuvidan chiqqani, ularning neft ishlab chiqarish hajmini oshirgani va xaridorlar uchun chegirmalar e’lon qilgani sabab bo‘lgan, deb aytgandi. Saudiya Arabistoni bu yo‘l bilan katta hajmda neft ishlab chiqaruvchi raqobatchilardan qutulmoqchi bo‘lgani, buning uchun neft narxining barreli 40 dollarga tushishi kutilganini aytib o‘tgan.

Shuningdek, Rossiya neft ishlab chiqaruvchi boshqa mamlakatlar bilan birgalikda bir sutka davomida ishlab chiqariladigan neft hajmini 10 million barrelgacha tushirishga tayyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, 30-mart kuni Brent markali neft narxi 2002-yil noyabridan beri ilk bora 23 dollaridan ham arzonlashdi. Mart boshidan beri neft narxi qariyb ikki baravar pastlagan.

OPEK+ neft ishlab chiqaruvchi davlatlar o‘rtasidagi kelishuv muddati mart oxirida yakuniga yetgan. 2020-yil 1-aprelidan Saudiya Arabistoni neft ishlab chiqarish hajmini kuniga 12 million barrelgacha oshirdi. Rossiya esa sutkasiga 11,3 million barrel neft ishlab chiqarmoqda. Eng katta neft ishlab chiqaruvchi AQSh hisoblanadi. Mamlakatda kuniga ishlab chiqariladigan neft hajmi — sutkasiga 13 million barrel.

Mavzuga doir: Putin va Tramp telefon orqali koronavirus pandemiyasi hamda neft narxlarini muhokama qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют