» » Qashqadaryoda “Zil”ga borib urilgan Spark yonib ketdi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda “Zil”ga borib urilgan Spark yonib ketdi. Haydovchi va ikki yo‘lovchi halok bo‘ldi


Qashqadaryoda Spark va “Zil-130” yuk mashinasi o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuv oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 4-aprel, shanba kuni, soat 00:50 larda 28 yoshli Spark haydovchisi Muborak tumanining o‘tuvchi “4P-96” avtomobil yo‘lining 3-kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, “Zil” bilan to‘qnashuv sodir etgan.

YTH oqibatida Spark avtomashinasi yonib ketib, haydovchi va uning yo‘lovchilari, 27 yoshli B.D. va 26 yoshli A.M. hodisa joyda vafot etgan.

Mavzuga doir: Termizda Lacetti va Matiz to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Mazkur holat yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 50) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют