» » Samarqandda tanishi bilan janjallashib, pasportini qasddan yirtgan shaxs qamoqqa olindi

Samarqandda tanishi bilan janjallashib, pasportini qasddan yirtgan shaxs qamoqqa olindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudi vakillari tomonidan har kuni tumanning ikki mahallasida davra suhbatlari o‘tkazilishi belgilab olindi. Bu haqda “Daryo”ga sud mutasaddilari ma’lum qildi.

Davra suhbatlari davomida tuman sudi raisining sayyor qabullari ham tashkil qilinib, fuqarolarning muammolari joyida hal qilinmoqda. Shu bilan birga, jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni sayyor sud majlislarida muhokama qilish amaliyoti tashkil qilindi.

Jumladan, “Xo‘ja Ahror Vali-1” mahallasida o‘tkazilgan davra suhbatida joriy yil birinchi choragida tumanda qasddan badanga yengil shikast yetkazish, voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, firibgarlik va o‘g‘rilik bilan bog‘liq jinoyat ishlari sudda ko‘rilishi kupayganligini bildirildi.

B. ismli shaxsga oid jinoyat ishi sayyor sud majlisida muhokama qilindi. U mahalla hududida joylashgan tuman markaziy shifoxonasi yonida tanishi S. Hotamova (ism-sharif o‘zgartirilgan) bilan janjallashib, uning fuqarolik pasportini tortib oladi va yirtib tashlaydi.

Sud mazkur jinoyat ishi bo‘yicha bildirilgan fikrlarni inobatga olib, B.ni aybli deb topdi. Unga 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlandi va sayyor sud zalidan qamoqqa olindi.

Qayd etish joizki, jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudi tomonidan rejaga asosan o‘tkazilayotgan tadbirlar, sud-huquq sohasida yangiliklar bilan tuman sudining Facebook’dagi sahifasi orqali tanishib borish imkoniyati yaratilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют