» » Tramp koronavirusga qarshi kurash uchun Nyu-Yorkka qo‘shin kirgizishini ma’lum qildi

Tramp koronavirusga qarshi kurash uchun Nyu-Yorkka qo‘shin kirgizishini ma’lum qildi


AQSh hukumati koronavirusga qarshi kurash maqasadida Nyu-Yorkka qo‘shin kirgizadi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan brifing davomida ma’lum qildi, deb xabar beradi CNBC.

Nyu-Yorkda koronavirus infeskiyasi bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgani sabab shaharga jami ming nafar harbiy xizmatchi yuboriladi. Shuningdek, AQSh prezidenti Nyu-York shtati va shahriga sun’iy nafas oldirish apparatlari yuborilishini ma’lum qildi. Ayni vaqtda omborlarda shu turdagi apparatlardan 10 ming donasi mavjud.

Bundan tashqari, AQShning boshqa shtatlariga yordam ko‘rsatish maqsadida yana minglab harbiy xizmatchilar safarbar etiladi. Safarbar qilinganlar orasidan harbiy shifokor va hamshiralar ham o‘rin oladi.

4-aprel kuni AQSh Mudofaa vazirligi Nyu-Yorkda koronavirus oqibatida vafot etganlarning jasadini ko‘mish va krematsiya qilish uchun harbiy dafn guruhlarini yuborishi ma’lum bo‘lgandi. Virginiya shtatidan vaqtinchalik yo‘naltirilgan guruhdan 42 kishi o‘rin olgan.

Mavzuga doir: Donald Tramp aholiga niqob taqishni tavsiya qildi, lekin o‘zi bu tavsiyaga amal qilmasligini aytdi

Eslatib o‘tamiz, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 311 544 kishiga yetdi, vafot etganlar soni 8,4 ming kishidan oshib ketdi. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp amerikaliklarni oldinda kutilayotgan juda og‘ir ikki hafta haqida ogohlantirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют