» » O‘zbekistonda fuqarolarni “propiska”ga olish tizimida jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda

O‘zbekistonda fuqarolarni “propiska”ga olish tizimida jiddiy o‘zgarishlar kutilmoqda


Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy “propiska” qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

E’lon qilingan loyihada ko‘pchilik fuqarolarning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan “propiska” tushunchasi o‘rniga “ro‘yxatdan o‘tkazish” tushunchasi kiritilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Toshkent shahri va viloyatida ko‘chmas mulkni olishda ushbu hududlarda doimiy “propiska”ga ega bo‘lish hamda yangi qurilgan uylarning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish uchun davlat bojining alohida stavkasini to‘lash haqidagi talablar bekor qilinmoqda.

Doimiy “propiska” uchun er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yashash sharti va bir yil ichida nikoh bekor qilinganda “propiska” yo‘qotilishi haqidagi qoidalarni qonunchilikdan chiqarib tashlash ko‘zda tutilgan.

Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish muddati uy-joy egasining roziligi asosida 1 yildan 5 yilgacha uzaytirilmoqda.

Ayni vaqtda, fuqarolarni Toshkent shahri va viloyatida doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan, yashash muddati 10 kundan 15 kunga o‘zgartiriladi.

Avvalroq hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy “propiska” qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi. Muhokama 31-martgacha yakunlanishi ko‘rsatilgandi, ammo shu kungacha muhokama natijalari e’lon qilinmadi.

Mavzuga doir: BMT Inson huquqlari qo‘mitasi O‘zbekistonga “propiska” tizimi borasida tavsiya berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют