» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 298 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 298 nafarga yetdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 5-aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, 298 nafarga yetdi. Kasallanganlar soni so‘nggi bayonot berilganidan beri 32 nafarga oshgan.

“Oxirgi tasdiqlanganlarning ham barchasi statsionar sharoitda karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan”– deyiladi xabarda.

Avvalroq, 4-aprel Toshkent vaqti bilan soat 17:00 holati bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 263 nafarga yetgani ma’lum qilingan edi.

3-aprel soat 09:00 holatiga ko‘ra, Toshkentda davolanayotgan bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilayotgani, to‘rt bemorning ahvoli og‘ir, ikki nafarining ahvoli esa nisbatan og‘irligi aytilgan edi.

Mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilganidan beri 25 nafar bemor sog‘aydi, ikki nafari esa kasallikdan vafot etdi.

Ma’lumot uchun, avvalroq Umra safaridan Turkiya orqali qaytgan namanganlik ayolning koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda infarktdan vafot etgani, uning dafn marosimida birorta ham qarindoshi qatnashmagani haqida xabar berilgan edi.

Koronavirusning O‘zbekistondagi ikkinchi qurboni esa Toshkentda istiqomat qilgan 39 yoshli shifokor ekani aytilgan edi — u kasalligini yashirib, o‘zini uyda davolashga uringan. Undan 14 yoshli qashqadaryolik jiyaniga va asli navoiylik ona-bolaga koronavirus yuqqan.

Shuningdek, Nyu-York shahrining Bruklin tumanida ikki o‘zbekistonlik — bir nafar erkak hamda bir ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgandi.

So‘nggi bir sutkada dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 79 mingta holat qayd etilib, infeksiya bilan kasallanganlar soni 1,2 million kishidan oshib ketdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют